O‘zbekistonda ota-onalarga yordam beradigan mobil ilova ishga tushirildi

UNICEFning yangi mobil ilovasi ota-onalarga farzandlari salomatligi va farovonligining barcha jihatlari bo‘yicha ekspert maslahatlarini taqdim etadi

19 Noyabr 2021
bebbo launch banner
UNICEF Uzbekistan/2021

ТОSHKENT, 2021 йил 19-noyabr – Bugun UNICEF O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda 0 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari va boshqa g‘amxo‘rlik qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ota-onalar uchun Bebbo nomli o‘zining birinchi mobil ilovasining taqdimotini o‘tkazdi.

Ota-onalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan ushbu bepul ilova ota-onalarni bolaning sog‘lig‘i va rivojlanishi bo‘yicha ovqatlanish va ko‘krak suti bilan boqishdan boshlab erta yoshdan ta'lim va o‘yinning ahamiyati, sezgir ota-onalik, himoya va xavfsizlik kabi keng ko‘lamli masalalar bo‘yicha mutaxassislar maslahati bilan ta'minlaydi. Shuningdek, ilova ota-onalar va g‘amxo‘rlik qiluvchilar uchun o‘z farovonligini ta'minlash bo‘yicha ham aniq ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.

Farzandlari hayotining dastlabki yillarida ko‘mak berish maqsadida Bebbo shuningdek, ota-onalarga olingan va rejalashtirilgan emlashlar, o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar va bolalar salomatligini tekshirish va rivojlanishning boshqa muhim bosqichlarini  qayd etish imkonini beruvchi funksiyalarni o‘z ichiga oladi.

“Hayotning birinchi yillari bolalarning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etib, ularning  bo‘lajak hayotiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu yangi ilova yordamida barcha ota-onalarga farzandlarini voyaga yetkazishdek  mashaqqatli safarida ko‘mak berish uchun qo‘shimcha vosita bermoqchimiz”, dedi UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan. "Men barcha ota-onalarni bepul, ishlatish uchun qulay Bebbo ilovasini yuklab olishga va farzandlari hayotining ijobiy boshlanishini ta'minlashga chorlayman."

UNICEFning va milliy hamkorlar va bolalarning erta yoshlaridagi rivojlanishi bo‘yicha mutaxassislar birgalikda ushbu mobil ilovani mahalliy shart-sharoit va talablarga moslashtirdilar.

“Har bir o‘sayotgan bolaga g‘amxo‘rlik, sog‘lik va salomatlik, maqbul ovqatlanish va erta ta'lim olish uchun  zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydigan rag‘batlantiruvchi va xavfsiz muhit yaratish katta axamiyatga ega. Foydalanuvchilar uchun qulay “cho‘ntak yo‘riqnomasi” bo‘lgan Bebbo mobil ilovasi yosh bolalarni tarbiyalashda kattalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan”, dedi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.

Bebbo ilovasi ota-onalarni farzandlarining o‘sishi, rivojlanishi va farovonligini qanday qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z vaqtida sifatli maslaxatlar bilan ta'minlaydi. Bu, ayniqsa, xizmat ko‘rsatuvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish mumkin bo‘lmaganda yoki qiyinlashganda, shu jumladan hozirgi pandemiya sharoitida juda muhimdir.

"COVID-19 pandemiyasi davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan aloqa uzilib qolganida, ota-onalarni o‘z vaqtida sifatli ko‘rsatmalar bilan qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Farzandlarining ta'lim olishi, sog‘lig‘i va farovonligi borasida tez qaror qabul qilib, qo‘shimcha mas'uliyatni o‘z zimmalariga olgan holda birinchi bo‘lib javob harakatlarini amalga oshirish ota-onalar zimmasiga yuklanadi”, dedi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musaev. “Yangi mobil ilova COVID-19 pandemiyasi davrida juda dolzarb vositadir, chunki ota-onalar va g‘amxo‘rlik qiluvchilar mutaxassislarning onlayn maslahatlari singari ishonchli ma'lumotlarni  olish uchun imkoniyat yaratadi”.

Yosh bolali ota-onalar va oilalarning salohiyatini oshirish maqsadida,  jumladan eng himoyaga muhtoj va chekka hududlarda yashovchi bolalarning ota-onalarini  qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi milliy dasturlarni tadbiq etish orqali butun Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘ylab UNICEF milliy hukumatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etadi.

Muharrirlar uchun eslatma:

Bebbo ilovasini quyidagilar orqali yuklab olish mumkin:

Ommaviy axborot vositalari murojaat qilishlari uchun kontaktlar:

Fahriddin Nizamov

Salomatlik va oziqlanish bo’yicha mutaxassis

Теlefon: +99893 399 05 57

El. pochta: fnizamov@unicef.org

***

Vazira Nazarova

Erta yoshdagi rivojlanish bo’yicha maskahatchi

Теlefon: +99893 380 30 07

El.pochta: vnazarova@unicef.org

***

Nargiza Egamberdiyeva

Jamoatchilik bilan aloqalar boʼyicha maslahatchi

Telefon: +99893 380 34 19

El.pochta: negamberdieva@unicef.org

OAV uchun mas'ul xodimlar

Nargiza Egamberdiyeva
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchi
UNICEF
Telefon: +99893 380 34 19
Elektron pochta: negamberdieva@unicef.org

UNICEF to’g’risida

UNICEF dunyoning eng qiyin joylarida muhtoj bolalarga yordam berish maqsadila faoliyat ko'rsatadi. 190 ta mamlakat va hududlarda har bir bola uchun, har erda, barcha uchun eng yaxshi dunyoni qurish uchun mehnat qilamiz.

UNICEF va uning O'zbekistondagi faoliyati to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun www.unicef.uz saytiga tashrif buyuring.

UNICEF faoliyatini TwitterFacebook va Instagramda kuzatib boring.