Bolalarda ovqatni hazm qila olmaslik
Ovqatni hazm qila olmaslik bu – oziq-ovqat allergiyasi emas. Ovqatni hazm qila olmaslik belgilariga qorin dam boʻlishi, ich ketish va qorin ogʻrigʻi kiradi. Belgilar odatda oʻz oʻzidan oʻtib ketadi. Ovqatni hazm qila olmaslikning keng tarqalgan turlariga laktoza, bugʻdoy, oziq-ovqat qoʻshimchalari va fruktozani hazm qila olmaslik kiradi.
Oʻrta quloq infeksiyasi
Oʻrta quloq infeksiyasining belgilariga quloqdagi ogʻriq va bitib qolishi kiradi. Agar bola oʻrta quloq infeksiyasi bilan kasallangan deb oʻylasangiz, shifokorga olib boring. Paratsetamol, ibuprofen ogʻriqni yengillashtiradi. Farzandingizning qulogʻini paxta yoki quloq tozalagich bilan tozalamang.
Bolani choʻmiltirish vaqti
Chaqalogʻingiz biroz kattaroq boʻlsa, ehtimol u vanna qabul qilishni yoqtirar. Bola choʻmilishini xavfsiz va qiziqarli qilish uchun amaliy maslahatlarni oʻqib chiqing.
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash boʻlimi: nima kutish kerak?
Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolashlarda yuqori malakali tibbiyot xodimlari ishlaydi, shuningdek, muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlar va yangi tugʻilgan kasal chaqaloqlarni parvarish qilish uchun maxsus tibbiy asbob-uskunalar mavjud. Har bir chaqaloq mutaxassislar jamoasi ostida muntazam ravishda nazorat qilinadi. Koʻpgina tugʻuruqxonalar oilaga yoʻnaltirilgan boʻlib, chaqaloqlar parvarishiga ota-onalarni jalb qilishga harakat qilishadi.
Kichkintoylarda va katta yoshdagi bolalarda charchoq belgilari
Agar siz charchaganlik belgilarni koʻrsangiz, bezovtalikni keltirib chaqiradigan holatlarni kamaytiring va farzandingizni uxlashdan oldin tinchlantiring. Yangi tugʻilgan chaqaloqlardagi charchaganlik belgilariga quloqlarini tortish, qoʻl va oyoqlarini qimirlatish, barmoqlarini soʻrishi kiradi. Kichkintoylar va katta yoshdagi bolalar charchaganliklarini injiqlik, eʼtibor talab qilish va oʻynashni xohlamasliklari bilan koʻrsatadi.
Yassi bosh
Yassi bosh – bosh suyagi shaklining oʻzgarishi homilaning bachadondagi holati yoki tugʻuruq paytida yuzaga kelishi mumkin. U chaqaloq hayotining birinchi oylarida ham rivojlanishi mumkin. Yassi bosh odatda chaqaloq oʻsishi bilan oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi, lekin baʼzida davolash kerak boʻladi. Siz chaqalogʻingizni uygʻoq vaqtida qorniga qoʻyib, bosh holatini almashtirib, yassi boshning oldini olishda yordam berishingiz mumkin.
Farzandingizning tana haroratini oʻlchash
Bolaning haroratini oʻlchashda raqamli termometrdan foydalanish eng yaxshi usul. Raqamli naychali termometrlar haroratni aniq koʻrsatadi. U haroratni til yoki qoʻltiq ostida oʻlchaydi, baʼzan orqa chiqaruv teshigida ham oʻlchaydi. Quloq va chakka arteriya termometrlaridan foydalanish oson, lekin ular notoʻgʻri oʻlchashi mumkin.
Isitma
Isitma bu – tana harorati 37,5 °C va undan yuqori boʻlgan holat. Odatda bu infeksiya belgisi. Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda va 2 oylikkacha boʻlgan goʻdaklarda isitma jiddiy kasallik belgisi boʻlishi mumkin va ular tibbiy yordamga muhtojdirlar. Bolalardagi isitmaning aksariyati dori ichishni talab etmaydi. Isitmada bolalarga koʻp suyuqlik ichirish, isitma 38,5 °C va undan yuqori boʻlganda parasetamol yoki ibuprofen berish kerak.
Bolalardagi jiddiy kasalliklar: 0–3 yosh
Agar farzandingizda uyquchanlik yoki javob reaksiyasining yoʻqligi (hushsizlik), har qanday ovqat yoki suyuqlikdan keyin qusish, koʻkrakni ema olmaslik yoki icha olmasa, doimiy yigʻlash, nafas olishning qiyinligi, terining oqishligi, koʻkarishi yoki dogʻlar paydo boʻlishi, shaytonlash xurujlari, bola terisidagi toshmani bosganingizda yoʻqolmasligi, odatdagidan kam siyish, yomon ovqatlanish va ikki oylikkacha boʻlgan chaqaloqlarda tana haroratining koʻtarilishi kabi belgilardan birortasi boʻlsa, tez yordam chaqiring yoki bolani zudlik bilan yaqin oradagi tibbiy muassasaga olib boring.
Bolalar uchun dorilar: qoʻllanma
Qanday dorilar farzandingizga toʻgʻri kelishini shifokordan soʻrang. Farzandingizga dori berishdan oldin doza boʻyicha pediatrning yoʻriqnomasini tekshiring.
Farzandingiz dorini tasodifan yoki notoʻgʻri dozada ichib qoʻygan deb hisoblasangiz, tez yordam (103)ga qoʻngʻiroq qiling.