Bolaning koʻzlari, burunlari va quloqlarini tozalash
Bolangizning koʻzlari, burni va quloqlarini kuniga bir marta ehtiyotkorlik bilan tozalash kerak.
Yangi tugʻilgan chaqaloq uyqusining tartibi
Sunʼiy ovqatlantiriladigan bolalar uchun tavsiya etiladigan oziq-ovqatlar
Sunʼiy oziqlanadigan goʻdaklarga oziq-ovqat mahsulotlarini berish boʻyicha tavsiyalar oziq-ovqatni tanlash, tayyorlash, ovqatlantirish usullari va bolaning ehtiyojlarini hurmat qilish nuqtayi nazaridan emadigan bolalarnikiga oʻxshash.
Bola uchun sogʻlom ovqatni qanday tayyorlash mumkin?
Farzandingiz uchun sogʻlom ovqatlarni rejalashtirayotganda va tayyorlayotganda, ovqatlanish borasida bizda mavjud boʻlgan baʼzi zararli odatlarni inobatga oling. Bolalarni sogʻlom oziq-ovqatlar bilan taʼminlash haqida oʻylash odatlaringizni qayta koʻrib chiqish va oilangizning ratsioniga ijobiy oʻzgarishlar kiritish uchun ham imkoniyatdir.
Hayotning birinchi haftasida ovqatlanish va uxlash maromi
Yangi tugʻilgan chaqaloq ilk haftalarda eng koʻp vaqtini uxlashga sarflaydi, qorni ochganida ovqatlanish uchun uygʻonadi, xolos. Yangi chaqaloqlar kechasi ozuqasiz uxlay olmaydi, ularning oshqozoni kichkina boʻlgani sababli tez-tez ovqatlanishi zarur.
Taomnoma tuzish boʻyicha takliflar
Har bir oilada uning anʼanalari, etnik va diniy kelib chiqishiga mos ravishda oʻziga xos ovqatlanish odatlari mavjud. Yuqorida farzandlaringiz va boshqa oila aʼzolaringiz uchun foydali va arzon boʻlgan oziq-ovqatlar taklif qilindi; ular oilaviy taomnomangizni boyitishga va oilaning iqtisodiy holatini hisobga olgan holda ayrim yangi mahsulotlardan bahramand boʻlishga yordam beradi.
Kam ishlatiladigan mahsulotlar
Baʼzi oilalarning ratsionida bolalar va boshqa oila aʼzolari uchun foydali hamda arzon boʻlgan oziq-ovqatlar mavjud, lekin aksariyat oilalarda bunga eʼtibor qaratilmaydi. Yangi mahsulotlarni bosqichma-bosqich joriy etishga harakat qiling va agar ular darhol qabul qilinmasa, tushkunlikka tushmang!
Chaqaloqlar uchun sogʻlom ovqatlar
Salomatlikning asosiy shartlaridan biri bu xilma-xil ovqatlanishdir. Agar bola har kuni beshta oziq-ovqat guruhidagi mahsulotlardan (sut va sut mahsulotlari / mevalar / sabzavotlar / donli mahsulotlar / goʻsht, baliq, tuxum) isteʼmol qilsa, u toʻlaqonli ovqatlangan hisoblanadi. Koʻpincha bola taklif qilingan mahsulotlarning baʼzilarini oʻjarlik tufayli rad etadi; har bir mahsulot bir xil guruhdagi boshqa mahsulot bilan almashtirilishi mumkinligini bilish muhimdir.
Butun oila uchun sogʻlom ovqatlanish
Koʻcha-koʻydagi hamma ovqatlar anchagina qimmat. Farzandingiz uchun uyda tayyorlanadigan taom nafaqat arzon, balki koʻchada sotiladigan ovqatlardan ancha sifatlidir.
Oila imkoniyatiga koʻra ovqatlanish ratsionining xilmaxilligi
Har bir oila oʻz farzandlarining oʻsishi va rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratib berishni xohlaydi. Moliyaviy yoki yashash sharoitlarining yomonligi, oilaning kattaligi yoki kutilmagan va favqulodda vaziyatlar bolalarni zarur oziq-ovqat bilan taʼminlashni va ular uchun taom tayyorlashni qiyinlashtiradi.