Muntazam tibbiy koʻrik: 12–15 oy ichida
Muntazam tibbiy ko'rik: 3,5-4 oylikda
Muntazam tekshiruv - bu sizning farzandingizning o'sishi, rivojlanishi va sog'lig'iga ko'proq e'tibor qaratish, shuningdek, yoshi uchun rejalashtirilgan emlashlarni o'tkazish, buning barchasi sizning farzandingizning sog'lig'i va rivojlanishini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchundir. Rivojlanish bilan bog'liq har qanday muammolar mavjud bo'lsa, muntazam tekshiruv ularni aniqlashga va o'z vaqtida aralashishga yordam beradi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: yigirma toʻrtinchi – oʻttiz oltinchi oylar (24–36-oylar)
Bola boshqa bolalar bilan birgalikdagi mashgʻulotlarga tobora koʻproq qiziqish bildiryapti. Oʻyinlar yanada murakkab va xilma-xil boʻlib boryapti. Tasavvurga asoslangan va rolli oʻyinlar fikrlash, nutqni, rivojlantirish, boshqalar bilan munosabatlar va shaxsiy oʻziga xoslikni rivojlantirishga qoʻshimcha turtki beradi. Tuygʻular yanada murakkablashadi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: oʻn sakkizinchi – yigirma toʻrtinchi oylar (18–24-oylar)
Farzandingiz oʻzi va ehtiyojlari toʻgʻrisida tobora koʻproq bilib boryapti. Sizdan ajralib qolish tashvishi kamayyapti. Bola siz bilan birga turli xil oʻyinlardan zavqlanadi. U tez-tez noroziligini bildirishi yoki oʻz gapini oʻtkazishi mumkin. Istaklar va cheklovlarning bajarilmasligiga reaksiyalar oldingidan koʻra kuchliroq boʻlishi mumkin. Bola oʻz ehtiyojlarini qoʻyib, cheklovlarni qabul qilish yoʻlini topishi uchun vaqt va sabr-toqat talab etiladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: oʻn uchinchi – oʻn sakkizinchi oylar (13–18-oylar)
Yaqin odamlar bilan aloqa kengayadi, kundalik mashgʻulotlar va oʻyinlar davomida turli xil qoʻshma tadbirlar va oʻzaro taʼsirlar mavjud. Bola faol izlanish bilan shugʻullanishdan xursand. U oʻz xohish-istaklarini ifoda etadi. Xafagarchiliklar muqarrar va ular bilan birga kuchli hissiy reaksiyalar va noroziliklar ham boʻladi. Siz tushunish va yordam berish uchun uning oldidasiz.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: oltinchi – oʻn ikkinchi oylar (6–12-oylar)
Farzandingiz ketib qolishingizga tobora koʻproq munosabat bildiryapti va yonida boʻlishingizni soʻrayapti. Bola endi sizni koʻrmagan taqdirda ham, borligingizni biladi, shuning uchun sizni qidiryapti. Bola begonalardan qoʻrqishi mumkin. Xotirjam boʻling, bu rivojlanishning muhim bosqichlaridan biridir. Farzandingiz siz bilan xavfdan xoli ekanini biladi.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: uchinchi – oltinchi oylar (3–6-oylar)
Ijtimoiy-hissiy rivojlanishni ragʻbatlantirish: tugʻilgandan uch oygacha (0–3 oygacha)
"Farzandingiz siz bilan munosabati tufayli xavfsizlik va ishonch hissini tuyadi. Siz his qilayotgan oʻzaro yaqinlik, birga vaqt oʻtkazish va muloqot farzandingiz, uning ahvoli va ehtiyojlarini anglashingizga yordam beradi."
13 oydan 24 oygacha bo'lgan bolalarning to'g'ri ovqatlanishi
Hayotning ikkinchi yilida bola sog'lom o'sishi va rivojlanishi uchun turli xil oziq-ovqatlarga muhtoj. Ko'krak suti bilan emizishdan to oila bilan birgalikda umumiy dasturxonidan ovqatlanishgacha bo'lgan yo'lni o'tish ma'lum vaqtni talab etadi va bolangiz unga tayyorlagan barcha turdagi ovqatlarni darhol qabul qilmaydi. Bolaning har kuni emas, balki har hafta nima va qancha eyayotgani haqida o'ylab ko'ring.
Hayotning ikkinchi yilda ortiqcha vazn va semizlik kuzatilgan bolalar uchun umumiy tavsiyalar
Ortiqcha vazn koʻpincha meʼyordan ortiqcha ovqatlanish yoki kam jismoniy faoliyat natijasida yuzaga keladi. Semizlik butun hayot davomida sogʻliqqa koʻplab muammolar olib keladi, shu sababli uni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf qilish kerak.