Bolaning burnini qanday tozalash kerak?
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarning ota-onalari farzandi tez-tez aksa urishidan va burnida ozgina shilliq borligidan tashvishlanadi. Bu yoshda bu odatiy hol hisoblansa-da, burunni tozalash kerak boʻladigan holatlar ham mavjud.
Bolaning quloqlarini tozalashda ehtiyotkor boʻlish
Chaqaloqning quloqlarini toʻgʻri tozalash quloq sogʻlom boʻlishi va bolaning umumiy salomatligini saqlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Oʻgʻil bolalarning jinsiy aʼzolarini parvarish qilish
Oʻgʻil bolalarda jinsiy aʼzolarning tuzilishi oʻziga xos boʻlgani tufayli muntazam tozalash va gigiyenaga rioya qilishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Bolaning vazni ortmayapti: tugʻilgandan 6 oylikkacha
Hayotning birinchi oylarida chaqaloqning sogʻlomligini koʻrsatuvchi asosiy belgilardan biri bu – vaznning doimiy ortishidir. Chaqaloqlarning oʻsishiga taʼsir etuvchi asosiy omillar toʻgʻri ovqatlanish va parvarish hisoblanadi, lekin irsiy xususiyatlar ham muhim ahamiyatga ega. Oʻsish dinamikasi chaqaloqning muddatida yoki erta tugʻilganiga, tugʻilgandagi vazniga va boshqa bir qator omillarga bogʻliq.
Passiv chekish
Passiv chekish bu – yondirilgan tamaki tutuni va chekuvchi tomonidan chiqarilgan tutun aralashmasidan iborat boʻlgan tutundan beixtiyor nafas olishdir. Yiliga sodir boʻladigan oʻlim holatlarining 1,2 milliontasi tamaki tutuni taʼsiri bilan bogʻliq.
Bolaning vazni ortmayapti: 6 oylikdan 24 oylikkacha
Yaxshi ovqatlanayotgan sogʻlom bolaning vazni har oyda ortib boradi. Farzandingiz oxirgi marta tarozida tortilganidan beri yetarlicha vazn toʻplamagan boʻlsa, muammoning sababini tezda aniqlashingiz va shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
Baland boʻylilik
Ota-onalar kamdan kam hollarda “Farzandimiz juda novcha emasmi?” deb soʻraydi. Bolaning boʻyi balandligi odatda yaxshi ovqatlanish va salomatlik bilan birga irsiy moyillik natijasi hisoblanadi. Odatda shunday boʻladi. Baʼzan bu shunday vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bola novcha boʻlgani uchun atrofdagi hamma odam uni katta va voyaga yetgan deb hisoblaydi, natijada unga yuqori talablar qoʻyadi.
Kandidoz (yelikish)
Yelikish yoki kandidoz zamburugʻli kasallik boʻlib, koʻpincha bolaning ogʻzida paydo boʻladi. Bu hayotning birinchi yilida tez-tez uchraydi va odatda tashvishli holatlarni keltirib chiqarmaydi.
Til yuganchasining kaltaligi (til qayishi)
Til yuganchasining qisqaligi bu – til harakatchanligini pasaytiradigan, tugʻilish paytida mavjud boʻladigan holat. U emishni va ovqatlanishni qiyinlashtirishi, keyinchalik esa baʼzi tovushlar talaffuziga va ogʻiz gigiyenasiga rioya qilishga xalal berishi mumkin.
Qizilcha
Qizilchaning belgilari – isitma, limfa tugunlarining kattalashishi va butun tanada och pushti toshmalar toshishi. Qizilchaning asosiy xavfi ayol homiladorlik paytida zararlanganda, bachadonda rivojlanayotgan bolaga jiddiy zarar yetishidir. Farzandingizga qizilcha yuqqanidan tashvishlansangiz yoki homilador boʻlsangiz va qizilcha bilan kasallandim deb oʻylasangiz, shifokorga murojaat qiling. Qizilchaning oldini olishning eng yaxshi usuli bolangizni emlashdir.