Autizm spektri buzilgan bolalarning aka-ukalariga maslahatlar

Autizm spektrining buzilishi (ASD) bilan ogʻrigan bolaning akasi, ukasi, opasi yo singlisi boʻlish qiyin. Shuning uchun bu yerda odatda ASD bilan ogʻrigan bolalarning aka-ukalariga gʻamxoʻrlik qilish, ularga ham vaqt va eʼtibor jalb qilinishini taʼminlash, ularga ASD haqida koʻproq tushunchaga ega boʻlishlariga yordam berish zarur.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan munosabatlar: gʻoyalar va maslahatlar

Ota-onalar bilan iliq va hassos munosabatlar maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi omilidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda fikrlash va gapirish koʻnikmalari rivojlanib, hislar murakkablashgan sari ular bilan munosabatga kirishish ham murakkablashib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tinglash va ular bilan suhbatlashish, har kungi ishlarni birga bajarish hamda eʼtiborli boʻlish orqali munosabatlar mustahkamlanadi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotida zoʻravonlik: bolangizga yordam

Agar bolangiz maktabgacha taʼlim tashkilotida tahqirlansa, unga tezda yordam berish juda muhimdir. Siz va maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari zoʻravonlikni toʻxtatish uchun birgalikda harakat qilishingiz kerak.

Farzandingizning xatti-harakatlarini boshqarish uchun taymaut (tanaffus)dan foydalanish

Agar siz bolangizdagi nomaqbul xatti-harakatlarni tuzatish uchun taymaut usulini qoʻllasangiz va unga vaqtincha tinchlanish uchun tanaffus bersangiz, siz bolangizni qiziqarli mashgʻulotlar va eʼtibordan uzoqlashtirasiz. Tarbiyaning bir qismi sifatida bunday tanaffus bolalarda “qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan xatti-harakatlar” tushunchasini paydo qilish bobida juda samarali usul boʻlishi mumkin.

Kichkintoyning suhbatlari va muloqotlari: nimani kutish kerak va qanday yordam berish mumkin?

Bolaning nutqi asosan ilk yoshida rivojlanadi. Farzandingiz nimaga qiziqayotganiga eʼtibor bering. Unga izoh va javob qaytaring. Farzandingizga his-tuygʻulari, xatti-harakatlarini bildiradigan sodda soʻzlarni oʻrgating. Kichkintoylarni kundalik mashgʻulotlar va oʻyinlar orqali gaplashishga undang.

Kichkintoylar bilan munosabatlar: gʻoya va maslahatlar

Ota-onalar bilan iliq va samimiy munosabatlar bolalarning har tomonlama rivojlanishi omilidir. Kichkintoylarning jismoniy rivojlanishi, tuygʻulari va nutqining rivojlanishi bilan birga munosabatlar ham oʻzgaradi. Kichkintoylarni tinglash va ular bilan gaplashish, har kungi ishlarni birga bajarish, ularga eʼtibor berish orqali bolangiz bilan munosabatlarni mustahkamlang.

Bolalardagi takrorlanadigan odatlar

Asosiy fikrlar: koʻpgina bolalarda tirnoq tishlash, barmoq soʻrish yoki burun kovlash kabi takrorlanadigan jismiy odatlar mavjud. Ular yoqimsiz, baʼzan zararli boʻlsa-da, bolaning maʼlum bir stressdan xalos boʻlishiga yordam beradi va odatda oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi. Farzandingizga odatidan xalos boʻlishiga yordam berish uchun u odatini qilganda eslatmalardan foydalaning. Farzandingiz ushbu xatti-harakatlardan tiyila boshlasa uni maqtang.

Uyatchanlik: goʻdaklar va bolalar

Baʼzi bolalar tabiiy ravishda uyatchan boʻlishadi. Bu shuni anglatadiki, ular koʻplab ijtimoiy vaziyatlarda, ayniqsa yangi vaziyatlarda oʻzlarini noqulay sezadilar. Uyatchan bolaga uyatchanlik normal ekanini tan olish, shuningdek, ijtimoiy vaziyatlarda uni qoʻllab-quvvatlash va dadil xatti-harakatlarini ragʻbatlantirish orqali yordam berishingiz mumkin. Uyatchanlik siz va farzandingiz uchun muammo tugʻdirsa mutaxassisdan yordam soʻrang.