Bolalar biror narsa soʻraganda: konstruktiv tarzda qanday javob berish kerak?

Farzandingiz biror narsa soʻraganda, javob berishdan oldin tinglang va oʻylab koʻring. Agar yoʻq demoqchi boʻlsangiz, avval muzokara olib boring va har doim yoʻq deyishga sabab koʻrsating. Farzandingizning soʻrovlariga qanday javob berish uni muloqot, hurmat va murosaga oʻrgatadi.

Bolalar xarxashasi: bu borada nima qilish kerak?

Farzandingiz undan qanday xatti-harakatlarni kutayotganingizni bilishiga ishonch hosil qilish orqali xarxashalarni kamaytiring va oʻzini yaxshi tutganida uni maqtashga harakat qiling. Agar xarid payti bola xarxasha qilsa, oʻzingizni bosishga harakat qiling. “Yoʻq” dedingizmi, fikringizdan qaytmang. Farzandingiz koʻradigan reklamalarni minimallashtirishga harakat qiling.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar: bolalar va maktabgacha yoshdagi bolalarga moslashishga yordam berish

Oilangizga yangi aʼzo qoʻshilganda bolalar hayajonlanishi, shu bilan birga, oʻzini chetda qolib ketganday his qilishi mumkin. Bolalarga boʻlgan koʻp mehr va eʼtibor ularning yangi uka yoki singlisi bilan ijobiy munosabatlari uchun zamin yaratadi.

Yotishdan oldin ijobiy muolajalar

Uyqu oldidan yaxshi kun tartibi bola uyquga yotishidan taxminan 20 daqiqa avval tinchlanishi va ovunishiga yordam beradi. Yotishdan oldingi bu tartib har kecha bir xil tarzdagi harakatlarni bajarishdan iborat. Bunday mashgʻulotlar choʻmilish, tishlarni yuvish va kitob oʻqishni oʻz ichiga olishi mumkin. Bolakay siz xohlagandan kechroq uxlab qolsa, tartibni har bir necha kunda biroz ertaroq boshlang va oʻzingiz xohlagan vaqtgacha davom eting.

Tishlash, chimchilash va sochni tortish

Asosiy fikrlar: kichkintoylar sabab va natijani topish uchun tishlashadi, chimchilashadi va sochdan tortishadi. Bolalar buni koʻpincha soʻzsiz his-tuygʻularini ifodalash uchun qilishadi. Bunday xatti-harakatlarga yoʻq deb javob bering, lekin xotirjam boʻling. Xulq-atvorga imkon qadar kamroq eʼtibor bering. Farzandingiz uchun bu xatti-harakatning sababini tushunishga harakat qiling. Bu kelgusida nima qilish kerakligini hal qilishda yordam berishi mumkin.

Kichkintoylar va katta yoshdagi bolalarda ajralish tashvishi

Ajralish tashvishi sakkiz oylikdan boshlab rivojlanishning normal qismi hisoblanadi. Farzandingizni oʻzingizdan asta-sekin ajrata boshlash orqali ushbu tashvishni yengishda yordam berishingiz mumkin. Bu koʻp vaqtingizni olishi mumkinligi yodingizda tursin. Bolani maqtab turishni ham unutmang. Farzandingizning ajralish tashvishi jiddiy, uzoq muddatli yoki uning hayotiga taʼsir qiladigan boʻlsa, mutaxassis yordamidan foydalanishingiz kerak.

Begona odamlardan qoʻrqish: goʻdaklar va kattaroq yoshdagi bolalar

Begona odamlardan qoʻrqish odatiy hol. Bu qoʻrquv taxminan bola sakkiz oyligida paydo boʻlishi va odatda ikki yoshga kelib yoʻqolishi mumkin. Sabr-toqatli boʻlish va bolangizni asta-sekin yangi odamlar bilan tanishtirish orqali unga begonalar atrofida oʻzini qulay his qilishi uchun yordam berishingiz mumkin. Begona odamlardan qoʻrqadigan katta yoshdagi bolalarda esa, uni yanada mustaqil qilish ustida ishlaganingiz afzal.

Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqning tana tili

Vaqtidan ilgari tugʻilgan chaqaloqlarning tana tili oʻz muddatida tugʻilganlarnikidan farq qiladi. Bunday kichkintoylarda stress belgilari tez nafas olish, siltanish va teri rangining oʻzgarishi orqali namoyon boʻladi. Boʻshashganlik belgilari esa harakatsizlik va sekin nafas olish orqali bilinadi.

Oldindan rejalashtirish: xulq-atvorni boshqarish vositasi

Baʼzi vaziyatlar bolangizni ogʻir xatti-harakatlarga olib kelishi mumkin, masalan, mashinada sayr, xarid yoki mehmon kutish. Oldindan rejalashtirish esa siz va farzandingiz uchun qiyin vaziyatlarni yengishda yordam beradi. Yaxshi xulq-atvorni oldindan rejalashtirish uchun ushbu qoʻllanmadagi yetti qadamdan foydalaning. Ishni qiyin vaziyatlarni aniqlashdan boshlang.

Temperament: bu nima va u nima uchun muhim?

Bolalar dunyoga oʻziga xos munosabat bilan tugʻiladi. Bu esa temperament deyiladi. Farzandingizning feʼl-atvorini tushunish uni tarbiyalash strategiyasini tanlashingizga yordam beradi.