Bolalar uchun faoliyatni oʻzgartirish: bolalarga mashgʻulotni oʻzgartirishida yordam beramiz
Asosiy fikrlar: bolalarga bir faoliyatdan ikkinchisiga oʻtish qiyin boʻlishi mumkin. Ayniqsa ular biror narsadan zavqlansa va toʻxtashni xohlamasa. Ishlab chiqilgan tartiblar har kuni sodir boʻladigan oʻzgarishlarga yordam berishi mumkin. Bolalar oʻzgarish kelayotganini bilganlarida yaxshiroq qabul qilishlari kerak. Bu, shuningdek, bolalarga yetarlicha ogohlantirish berishga, faoliyatni oʻzgartirishga vaqt ajratishga, tanlov taklif qilishga va yomon xulq-atvorga qarshi turishga yordam beradi.
Xulq-atvorni boshqarish uchun kun tartibidan foydalanish
Kun tartibi oilaviy hayot muammosiz boʻlishiga, bolalar xulq-atvoriga yordam beradi. Siz bolalarga muntazam mashgʻulotlarda yordam berish va kunning talab qilinadigan vaqtini rejalashtirish uchun kun tartibidan foydalanasiz. Muntazam ishlar haqida gapirish yoki ularni rejalashtirishga bolalarni ham jalb qilish ularning kun tartibini tushunishi va ularga rioya qilishida asqatadi.
Bolaning xulq-atvori vositalari: rejalashtirilgan eʼtiborsizlik
Rejalashtirilgan eʼtiborsizlik bu – bolangizni notoʻgʻri xatti-harakatlar qilgan vaqtda chalgʻitishingiz. Bu bolaning xatti-harakati uchun foydali vosita boʻlishi, rad etilganlik hislarini keltirib chiqarmasligi kerak. Biroq, agar siz bolangizdan gʻazablansangiz yoki xafa boʻlsangiz, bu usulni qoʻllamaslik kerak. Bu usul mehrli munosabatlarda qoʻllanilishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, hech qanday texnika bolalarning oʻzini yaxshi tutishiga yordam beradigan “sehrli” usul emas, har bir bola noyob. Ular rivojlanadi va oʻzgaradi. Shuning uchun usullarni ham oʻzgartirib turish lozim boʻladi.
Xulq-atvorni yaxshilash uchun eʼtibordan foydalanish
Asosiy fikrlar: farzandingiz oʻzini yaxshi tutsa, unga koʻp ijobiy eʼtibor bering. Bu kelajakda ijobiy xatti-harakatlarining ehtimolini oshiradi. Xulq-atvorga ijobiy eʼtibor bolaning yaxshi boʻlishiga xizmat qiladi. Ijobiy eʼtibor, shuningdek, bolangiz oʻzini xavfsiz va sevimli his qilishiga yordam beradi. Bu farzandingiz bilan munosabatlaringiz uchun yaxshi.
Chalgʻitish: xulq-atvorni boshqarish vositasi
Chalgʻitish bu – bolalarning xatti-harakatlarini boshqarishning oddiy usuli. Chalgʻitish qiyin xatti-harakatlarga olib keladigan vaziyatlarga tushmaslikka yordam beradi. Farzandingiz juda xafa boʻlsa yoki kimnidir ranjitsa, u holda chalgʻitmang. Farzandingizga yoshi ulgʻaygan sari oʻzi chalgʻishni oʻrganishiga yordam bering.
Muhitni oʻzgartirish: xatti-harakatlarni boshqarish vositasi
Farzandingizning muhiti uning xatti-harakatiga taʼsir qilishi mumkin. Agar siz farzandingizning muhitini oʻzgartirmoqchi boʻlsangiz uning xatti-harakatlarini tez-tez oʻzgartiring. Buning uchun siz jismoniy muhit, mashgʻulotlar vaqti, soʻrov va koʻrsatmalarni oʻzgartirishingiz kerak boʻladi.
Qoʻrqinchli tushlar
Qoʻrqinchli tushlar bu – bolalarni uygʻotib, qoʻrquv va xafa boʻlishlariga olib keladigan yomon tushlar. Agar bolangiz yomon tush koʻrsa uni hamma narsa joyida ekaniga ishontirishingiz kerak. Yomon tushlar stress va travma tufayli paydo boʻlishi mumkin. Agar tashvishingiz arimasa mutaxassisga murojaat qiling.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar va goʻdaklar bilan muloqot: rasmlarda
Aka-uka, opa-singillar oʻrtasidagi tortishuvlarning oldini olish: sakkizta maslahat
Farzandlaringizga qanday qilib til topishishni oʻrganishga yordam berish va mojarolarni yaxshiroq hal qilishga yoʻnaltirish orqali ularga koʻp narsa oʻrgatishingiz mumkin. Bizning sakkizta muhim maslahatimiz esa bunga poydevor, xolos.
Nogiron bolalarning aka-uka va opa-singillari: ular oʻzlarini qanday his qilishadi?
Odatda rivojlanayotgan bolalarda nogiron aka-ukasi, opa-singlisi haqida turli his-tuygʻularga ega boʻlish odatiy holdir. Ularning hislari ham ijobiy, ham salbiy boʻlishi mumkin. Agar nogiron aka-uka, opa-singillarning xatti-harakati yoki muloqotida qiyinchiliklar boʻlsa, ular ham qiynaladi. Farzandingizning yoshi, shaxsiyati, feʼl-atvori va tugʻilish ketma-ketligi ularning nogiron aka-uka bilan qanday munosabatda boʻlishiga taʼsir oʻtkazadi.