Kichkintoy bilan muloqot qilishning birinchi qadamlari
Ota yoki ona boʻlish, eng avvalo, bolangizni yaxshiroq bilish va xavfsizlikni taʼminlash, qabul qilish va oʻzingiz haqingizda yaxshi imij yaratish yoʻlini topishni anglatadi. Baʼzan bizda bolalar bilan munosabatlar oʻrnatishga oid, hamma bolalar uchun qoʻllash mumkin boʻlgan yaxshi koʻrsatmalar, jumladan, bolalarni parvarish qilish boʻyicha umumiy koʻrsatmalar bor degan tasavvur paydo boʻlishi mumkin. Lekin aslida, har bir bola butunlay boshqacha va yaxshi ota-ona boʻlish yoʻli – farzandingiz bilan muloqotda noyob tajribaga ega boʻlishingizdir.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun oʻyinchoqlar: birinchi uchoylik (trimestr)
“Chaqaloq yoshi”. “Biz unga hech narsa bermadik”. “Qanday oʻyinchoqlar eng zoʻri?” Bular oʻyinchoqlar masalasida ota-onalar duch keladigan baʼzi qiyin vaziyatlar. Javob oddiy: siz farzandingizga bera oladigan eng yaxshi oʻyinchoq – u bilan oʻynab oʻtkazgan vaqtingiz.
Yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun oʻyinchoqlar: ikkinchi va uchinchi uchoylik
Bolaning kuni doimiy hayajonga toʻla. Bolalar yangi koʻnikmalarni oʻrganishga gʻayrat va ishtiyoq bilan yondashadi, ularni butunlay oʻzlashtirmaguncha takrorlaydi.
Kundalik hayotda rivojlanishni ragʻbatlantirish: yangi tugʻilgan chaqaloq
“Ota-onalar uyga yangi tugʻilgan chaqaloq bilan kelganda yoʻliqadigan eng eng katta muammo oilaning yangi tartibiga koʻnikishidir, ayniqsa, birinchi farzand tugʻilganda. Kundalik tartib: kiyim almashtirish, ovqatlantirish, koʻtarish – psixomotor rivojlanishni ragʻbatlantirish uchun imkoniyat.
Vannadan qoʻrqish
“Yangi tugʻilgan chaqaloqlar baʼzida choʻmilishni yoqtirmaydi. Biroz kattaroq bolalar choʻmilishdan qoʻrqishi mumkin. Shunday qilib, yangi tugʻilgan chaqaloqqa choʻmilishni zavqlanish va dam olish imkoniyati sifatida asta-sekin oʻrgatish juda muhim. Oʻynang, chaqaloqning badaniga suv quying, suvni koʻpiklantirganingizda bola suv va koʻpikning badaniga yengil tegishini his qilsin. Dam olish, bola bilan maroqli vaqt oʻtkazish va yoqimli his-tuygʻularni uygʻotish uchun turli oʻyinlarni taklif qiling. Doim ehtiyot boʻling va choʻmilish paytida chaqalogʻingiz oʻzini qanday tutishini va qanday oʻynayotganini diqqat bilan kuzatib boring.
Murakkab mavzular
Asosiy fikrlar: bolalar uchun qiyin mavzular orasida ajrashish, kasallik, oʻlim, jinsiy aloqa va tabiiy ofat kabilar bor. Murakkab mavzular haqida gapirish bolangizga hodisalar mohiyatini tushunishda yordam beradi. Murakkab mavzular haqida gapirish usuli bolangizning yoshi va tushunish qobiliyatiga, shuningdek, oʻzingizning madaniy va oilaviy qadriyatlaringizga bogʻliq.
Jazava: u nimadan paydo boʻladi, bu paytda bolaga qanday munosabatda boʻlish kerak?
Bolalarda tajanglik yigʻlash, qichqirish, tajovuzkor boʻlish yoki qochish orqali namoyon boʻlishi mumkin. Bolalarga his-tuygʻulari haqida gapirishiga yordam berish lozim. 3–4 yosh va undan katta bolalarga esa “oqibat” usulini qoʻllab turish yordam berishi mumkin.
Oilaviy qoidalar
Oila qoidalari oilangizdagi barchaga yaxshi munosabatda boʻlishga yordam beradi. Yaxshi oilaviy qoidalar ijobiy, aniq va tushunish oson boʻlganidir. Qoidalarda jismoniy xulq-atvor, xavfsizlik, odob-axloq, tartib va hurmat kabilar aks etishi lozim. Balki, qoidalar bolalar ulgʻaygani sari oʻzgarar, oilaviy vaziyatingiz baʼzi istisno yo qoʻshimchalarni talab etar.
Tarsaki tushirish: nimani bilish kerak?
Tarsaki tushirish, urish bolalar ruhiyati uchun yaxshi emas. Bu ularning qoidalarga amal qilishni oʻrganishiga yordam bermaydi. Balki uch yoshdan oshgan bolalar uchun oqibatlardan foydalanish usuli samaraliroqdir. Kuchli his-tuygʻularingizni ifodalashda bolangizni xafa qilishdan saqlaning. Agar kerak boʻlsa, mutaxassisdan yordam oling.
Tarsaki tushirish: nimani bilish kerak?
Tarsaki tushirish, urish bolalar ruhiyati uchun yaxshi emas. Bu ularning qoidalarga amal qilishni oʻrganishiga yordam bermaydi. Balki uch yoshdan oshgan bolalar uchun oqibatlardan foydalanish usuli samaraliroqdir. Kuchli his-tuygʻularingizni ifodalashda bolangizni xafa qilishdan saqlaning. Agar kerak boʻlsa, mutaxassisdan yordam oling.