Bolalarning tirnoqlarini olish
Bolaning tirnoqlarini tez-tez olish shart emas. Kichkintoyingizning tirnoqlarini u xotirjam boʻlgan paytda yoki uyqusirab turganda yoki qoʻshiq aytish va boshqa usullar bilan chalgʻitgan holda oling. Kichkintoylarda qoʻl yoki oyoq tirnoqlari atrofida yalligʻlanish paydo boʻlishi mumkin. Bu qoʻrqinchli emas, lekin infeksiya belgilarini koʻrsangiz, pediatrga murojaat qiling.
Kindik parvarishi
Bolaning kindigi – tugʻilgandan keyin kindik ichakchasidan qolgan qoldiq. Homiladorlik davrida bu ichakcha orqali ozuqa moddalari va kislorod onadan bolaga oʻtadi. Tugʻuruq paytida kindik ichakchasi kesiladi va chaqaloqning qornida uning kichkina qoldigi qoladi.
Diareya
Diareya (ichketish) bu – bir sutkada 3 va undan koʻp marta axlatning suvsimon boʻlib tez-tez kelishi. Diareya suvsizlanish asorati bilan xavflidir, shuning uchun bola odatdagidan koʻproq miqdorda suv yoki ogʻiz orqali regidrаtatsiya (suv berish) vositasi (ORV) eritmasi ichishini nazorat qiling. Farzandingizda diareya boʻlsa, darhol pediatrga murojaat qiling.
Postkontakt profilaktikasi (PKP) nima?
Postkontakt profilaktikasi (PKP) profilaktik choralarning OIVni yuqtirib olish holati yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdan keyin amalga oshirilishini anglatadi. Postkontakt profilaktikasi tibbiyot xodimlari orasida “favqulodda vaziyatlar” holatlarida sog‘liqni saqlash sohasida keng qo‘llaniladi, biroq ekspertlar favqulodda vaziyatlar uchun ham PKPni tavsiya qilishadi.
Postkontakt profilaktikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Antiretrovirus muolajasi nima?
Antiretrovirus terapiya yoki ART yoki ARVT — bu OIV infeksiyasining kompleks davolanishi hisoblanadi.
Ushbu terapiyaning nomi virusning kelib chiqishi bilan bog‘liq — OIV retro viruslar oilasiga tegishli. Bunday terapiya nafaqat OIV maqomiga ega bo‘lgan odamning oddiy, normal hayot kechirishiga yordam beradi, balki virusning boshqa odamlarga hatto himoyalanmagan jinsiy aloqada yoki homilador ayolning homilasiga ham yuqmasligini ta’minlaydi.
OIV infeksiyasi boshqa infeksiyalardan qanday farq qiladi?
1. Klinik jihatdan uzoq vaqt oʻzini namoyon qilmaydi. Hech qanday bezovtalik yoki ogʻriq chaqirmaydi. Koʻp yillar davomida oʻzini tinch va yashirincha tutadi.
2. Dastlabki grippga oʻxshash belgilar oʻz-oʻzidan yoʻqolishi mumkin.
3. Qonga tushgandan soʻng, bemorning qonida butun umr saqlanib qoladi.
4. Immun hujayralariga ta’sir koʻrsatadi va yil sayin ularning soni kamayib boradi.
OIV infeksiyasining dastlabki belgilari
OIV infeksiyasining birinchi alomatlari zararlanishdan ikki-toʻrt hafta oʻtgach oʻzini namoyon qilishi mumkin. Koʻpchilik zararlangan odamlar shamollash alomatlarini his qilishadi: isitma, tomoq ogʻrigʻi va qizarishi, ortiqcha terlash, mushaklarda ogʻriq va zaiflik, bosh ogʻrigʻi, toshma toshishi. Ushbu alomatlar paydo boʻlmasligi ham mumkin.
Infeksiya immun tizimi ishini zaiflashtirgani sari, zararlangan odamda limfa tugunlarining shishishi, vazn yoʻqotish, sababsiz isitma, diareya va yoʻtal kabi boshqa belgilar va alomatlar ham paydo boʻlishi mumkin.
Nima uchun o‘zingizning OIV maqomingizni bilishingiz muhim?
OIV — bu odam immunitet tanqisligi virusi. U bir marta tanaga kirib, unda abadiy qoladi. Bugungi kunda insoniyatni ushbu virusdan butunlay xalos qiladigan dori mavjud emas. Biz hammamiz bir jamiyatda yashaymiz, demak, biz juda ehtiyot bo‘lishimiz, hamda o‘zimizni va boshqalarni himoya qilish uchun mumkin bo‘lgan hamma narsani qilishimiz kerak.
Quyida OIV holatini aniqlovchi testdan o‘tishning 5 ta sababi keltirilgan:
OIV infeksiyasini stomatologda yuqtirish mumkinmi?
Tish muolajalari paytida OIV infeksiyasini yuqtirib olish ehtimoli juda kam. Faqatgina dezinfeksiya va sterilizatsiya qoidalariga rioya qilinmasa yuqish ehtimoli yuzaga keladi.
Hozirgi vaqtda barcha stomatologiya muassasalari belgilangan sanitariya me’yorlariga muvofiq ishlaydi va bu tegishli organlar tomonidan nazorat qilinadi. Yuqish ehtimoli faqat inson omili, ya’ni tibbiyot xodimlarining oʻz vazifalarini bajarishdagi beparvo munosabati natijasida kelib chiqishi mumkin.
Tatu salonda OIVni yuqtirib olish mumkinmi?
Ha, tatu salonida OIVni yuqtirib olishingiz mumkin. Nafaqat tatu salonida, balki qosh va koʻzlarni dekorativ tatuaj qiladigan joylarda ham infeksiya yuqishi mumkin. Salonlarda yuqish ehtimoli unchalik yuqori boʻlmasa-da, lekin mavjud ekanligini unutmaslik lozim.
Tatuirovka qilinayotgan paytda terida koʻplab yarachalar paydo boʻladi. Ular infeksiyalarning organizmga kirishi uchun ochiq eshiklar boʻlib xizmat qilishi mumkin. OIV infeksiyasidan tashqari, gepatit kasalligi ham yuqishi mumkin.