Yel yoki meteorizm

Meteorizm yoki yelning paydo boʻlishi bu – me’yoriy holat va davolanishni talab qilmaydi. Agar bolada tez-tez yel, shuningdek, qorin ogʻrigʻi va boshqa alomatlar boʻlsa, pediatr bilan bogʻlaning. Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari farzandingizda kuchli yel hosil boʻlishiga olib keladigan boʻlsa, bolaning rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir qilmasdan, ularning miqdorini ovqat ratsiondan qanday kamaytirishni shifokoringiz bilan muhokama qiling.

Axlat (najas) tutolmaslik

Axlatni tutolmaslik bu – 4 yoshdan oshgan bolalarda najasning ixtiyorsiz ravishda, hojatxonadan boshqa joylarda chiqarilishidir. Ular axlat qachon va qayerda chiqishini nazorat qila olmaydi. Bu ota-onani ham, bolani ham juda xafa qilishi mumkin.

Ovqatdan zaharlanish

Ovqatdan zaharlanish – koʻngil aynishi, qayt qilish (qusish) yoki diareyaga olib keladigan kasallik. Ovqatdan zaharlanishning sababi notoʻgʻri saqlangan yoki notoʻgʻri tayyorlangan, mikroblar – bakteriyalar, viruslar yoki parazitlar va ularning toksinlari bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishdir. Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun taom tayyorlaganda tozalikka rioya qiling.

Qorindagi ogʻriq

Qorin ogʻrigʻi turli sabablardan kelib chiqishi mumkin, jumladan, gaz, infeksiyalar, ich qotishi, oziq-ovqatlarni hazm qila olmaslik, appenditsit va boshqalar. Agar farzandingizning qorin ogʻrigʻi kuchli boʻlsa yoki oʻtib ketmasa, yoki bolaning ahvoli ogʻir koʻrinsa, pediatrga murojaat qiling. Agar farzandingizda qorin ogʻrigʻi boʻlsa, shifokor kelgunga qadar bolaning yetarli miqdorda suyuqlik ichishini va dam olishini taʼminlang.

Qusish/qayt qilish

Bolalar kasal boʻlganda kattalarga qaraganda koʻproq qusadi. Bolalar odatda qusishdan keyin juda tez tiklanadi. Qusish bilan bogʻliq asosiy xavflardan biri suvsizlanishdir. Farzandingiz koʻp miqdorda suv yoki ogʻizdan ichiriladigan tuzli eritma (oral regidratatsion vosita – ORV) suyuqliklarini qabul qilishiga ishonch hosil qiling. Farzandingiz oʻzini yaxshi his qilmayotganidan xavotirda boʻlsangiz, shifokorga murojaat qiling.

Koʻngil aynishi

Koʻngil aynishi bu – hozir qayt qilib yuboradigandek tuygʻu. Koʻngil aynishini davolash uchun farzandingizga oz-ozdan suv yoki ORV (ogʻiz orqali regidratatsion vosita), shuningdek, yengil ovqatlar bering. Farzandingizning koʻngil aynishi 24 soatdan ortiq davom etsa, darhol pediatrga murojaat qiling.

Suvsizlanish

Agar farzandingizda kuchli diareya va qayt qilish (qusish) kuzatilsa, u yetarlicha suyuqlik ichmasa, koʻp mashq qilsa yoki koʻp terlasa, suvsizlanish kelib chiqishi mumkin. Farzandingizda suvsizlanish bor deb hisoblasangiz, pediatrga murojaat qilishingiz kerak. Farzandingiz isteʼmol qiladigan suyuqlik miqdorini oshirish orqali suvsizlanishni davolash mumkin. Ogʻir holatlarda farzandingiz tanasida suyuqlik darajasini tiklash uchun shifoxonaga yotqizilishi kerak boʻlishi mumkin.

Qandli diabetning I turi

I turdagi qandli diabet belgilariga tez-tez siyish, chanqoqlik, charchoq va vazn yoʻqotish kiradi. Ular kutilmaganda rivojlanishi mumkin. Farzandingizning sogʻligʻidan xavotirda boʻlsangiz, pediatrga murojaat qiling. Boladagi alomatlar toʻsatdan kuchayib ketsa, tez yordam chaqiring (103 raqamiga qoʻngʻiroq qiling). Оdatda I turdagi qandli diabetni insulin, parhez va jismoniy faollik orqali boshqarish mumkin.

Qandli diabetning II turi

II turdagi diabetning alomatlariga charchoq, chanqoqlik va tez-tez siyish kiradi. Agar bolada ushbu alomatlar paydo boʻlsa, uni zudlik bilan pediatrga koʻrsatish kerak. II turdagi qandli diabet uchun xavf omillari: oilada II turdagi qandli diabet bilan yaqin qarindoshlarning kasallangani, ortiqcha vazn, kam jismoniy faollik va notoʻgʻri ovqatlanishni oʻz ichiga oladi. II turdagi qandli diabetni dori-darmonlar, toʻgʻri ovqatlanish, vazn yoʻqotish va jismoniy mashqlar yordamida boshqarish mumkin.

Glyuten koʻtara olmaslik (seliakiya)

Agar farzandingizda glyuten koʻtara olmaslik boʻlsa, uning tanasiga bugʻdoy, javdar, arpa va baʼzida joʻxori tarkibidagi glyuten deb ataladigan oqsil gʻayritabiiy taʼsir koʻrsatadi. Farzandingizning ratsionidan glyuten tutuvchi mahsulotlarni chiqarib tashlash orqali ushbu holatni nazorat qilishingiz mumkin.