Tushmagan moyak (kriptorxizm)

Agar farzandingizda moyak tushmagan boʻlsa, demak, uning moyagi tugʻilishidan oldin xaltasiga joylashmaganini anglatadi. Bu holat ogʻriq chaqirmaydi, lekin sogʻliqning boshqa muammolari xavfini oshirishi mumkin. Farzandingizda moyak tushmagan deb hisoblasangiz, pediatrga murojaat qiling. Kriptorxizmni bola 1 yoshga toʻlgunga qadar jarrohlik yoʻli bilan davolash mumkin.

Goʻdaklarda va kichik yoshdagi bolalarda siydik yoʻllari infeksiyasi (SYI)

Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarda siydik yoʻllari infeksiyasining belgilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: asabiylashish, ishtahaning yomonligi va tana haroratining koʻtarilishi. Agar farzandingizda SYI belgilari boʻlsa, iloji boricha tezroq pediatrga koʻrsatish lozim. Shifokorlar SYIni tashxislash uchun farzandingiz siydigining tahlilini oʻtkazadi. SYIni davolash uchun shifokor koʻrsatmasiga asosan antibiotiklar ishlatiladi. Pediatr, shuningdek, siydik yoʻllarida hech qanday muammo yoʻqligiga ishonch hosil qilish uchun bolani ultratovush tekshiruviga yuborishi mumkin.

Skarlatina kasalligi

Skarlatina alomatlariga qizil boʻrtiq toshma, qip-qizil tus olgan til, tomoq ogʻrigʻi, limfa tugunlarining kattalashishi va yuqori isitma kiradi. Bolada skarlatina belgilari boʻlsa, pediatrga murojaat qiling. Farzandingiz antibiotiklar qabul qilishi kerak boʻladi.

Limfa tugunlarining kattalashishi

Farzandingiz infeksiya yoki yalligʻlanish bilan kurashsa, limfa tugunlari kattalashishi mumkin. Limfa tugunlari nima uchun kattalashganini bilmasangiz, ular ogʻriqli yoki kattalashishda davom etsa yoki bolaning ahvolidan xavotirda boʻlsangiz, farzandingizni pediatrga olib boring. Davolash limfa tugunlari kattalashishiga nima sabab boʻlganiga bogʻliq boʻladi.

Issiqlik toshmasi

Issiqlik toshmasi terida kichik qizil dogʻlar yoki pufakchalar koʻrinishida paydo boʻladi. Issiqlik toshmasi farzandingiz juda qizib ketganda, haddan tashqari isib ketganida paydo boʻlishi mumkin. Bu tez-tez uchraydigan hodisa boʻlib, oson davolanadi.

Piodermiya

Piodermiya bolaning terisiga kesilgan jarohatlari orqali bakteriyalar tushganida rivojlanadi. Ogʻriqli qizil toshmalar yoki mayda pufakchalar sariq yoki yashil yiringga toʻladi, yoriladi va qobiq bilan qoplanadi.

Yaralar juda yuqumli boʻlib, ular quruq va oqmali (nam) boʻlishi, katta pufakchalarga aylanishi yoki yiring bilan toʻlishi mumkin. Farzandingizni davolash uchun uni pediatrga koʻrsating.

Piodermiya bolaning terisiga kesilgan jarohatlari orqali bakteriyalar tushganida rivojlanadi. Ogʻriqli qizil toshmalar yoki mayda pufakchalar sariq yoki yashil yiringga toʻladi, yoriladi va qobiq bilan qoplanadi. Yaralar juda yuqumli boʻlib, ular quruq va oqmali (nam) boʻlishi, katta pufakchalarga aylanishi yoki yiring bilan toʻlishi mumkin. Farzandingizni davolash uchun uni pediatrga koʻrsating.

Koksaki kasalligi (qoʻllar, oyoqlar va ogʻizning zararlanishi)

Koksaki kasalligi ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatida, qoʻl va oyoqlarda toshmalar bilan tavsiflanadi. U oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi va koʻpchilik bolalar tezda tuzalishadi. Koʻp suyuqlik ichish, yaxshi ovqatlanish va pufakchalar quriguncha hech qayerga bormaslik oʻta muhim.

“Shapaloq sindromi” yoki infeksion eritema

“Shapaloq sindromi” tana harorati koʻtarilishi, bosh ogʻrigʻi va tumov bilan boshlanadi, soʻngra yonoqlarda toshma paydo boʻladi. “Shapaloq sindromi” koʻpchilik bolalar uchun jiddiy xavf tugʻdirmaydi, lekin homilador ayollar uchun xavfli boʻlishi mumkin, chunki virus homilaga taʼsir qiladi. Toshmasi bor bolani odatdagidek bolalar bogʻchasiga, maktabgacha tarbiya muassasasi yoki maktabga olib borishingiz mumkin, chunki u endi yuqumli emas.

Oddiy gerpes virusi keltirib chiqargan ogʻiz boʻshligʻi infeksiyasi

Oddiy gerpes keltirib chaqargan ogʻiz infeksiyasi koʻpincha milk kasalliklariga va ogʻizda yaralar paydo boʻlishiga olib keladi. Kasallik odatda davolash muolajalarisiz oʻzi oʻtib ketadi. Paratsetamoldan ogʻriqni kamaytirishda va ogʻiz gelidan yaralarni davolashda shifokor tavsiya etgan dozada foydalanish mumkin.

Farzandingizga suyuqlik ichish va ovqat yeyish qiyin boʻlsa yoki suvsizlanish belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Oddiy gerpes keltirib chaqargan ogʻiz infeksiyasi koʻpincha milk kasalliklariga va ogʻizda yaralar paydo boʻlishiga olib keladi. Kasallik odatda davolash muolajalarisiz oʻzi oʻtib ketadi. Paratsetamoldan ogʻriqni kamaytirishda va ogʻiz gelidan yaralarni davolashda shifokor tavsiya etgan dozada foydalanish mumkin. Farzandingizga suyuqlik ichish va ovqat yeyish qiyin boʻlsa yoki suvsizlanish belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Ogʻiz yaralari

Ogʻiz yaralari bu – ogʻiz, til yoki milkda paydo boʻladigan oq nuqtalar. Ogʻiz yaralari ogʻriqli boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda ogʻiz boʻshligʻi uchun gel va tuzli suv bilan chayish yordam beradi. Odatda yaralar bir hafta ichida oʻtib ketadi.