Kariyes
Kariyes tishda ogʻriq kuzatilishiga va yalligʻlanishga olib kelishi mumkin. Bu oʻsish va rivojlanishga ham taʼsir qiladi. Kariyesning belgilariga tishlardagi oq yoki jigarrang dogʻlar, milkning qizarishi yoki shishishi, tishlardagi teshiklar yoki tishning sinishi kiradi. Agar farzandingizning tishida kariyes bor deb oʻylasangiz, tish shifokoriga murojaat qiling. Tishlarni yaxshi parvarishlash, toʻgʻri ovqatlanish, suyuqlik ichish va tishlarni muntazam ravishda tish shifokori tekshiruvidan oʻtkazish orqali kariyesning oldini oling.
Yangi tugʻilgan chaqalogʻingiz hayotining birinchi haftasi: nimani kutish kerak?
Yangi tugʻilgan chaqaloq hayotining birinchi haftasini ovqatlanish, uxlash va siz bilan bogʻliqlikni oʻrnatish bilan oʻtkazadi. Yangi tugʻilgan chaqalogʻingiz bilan birga vaqt oʻtkazganingizda, uni quchoqlaganingizda, u bilan gaplashganingizda va unga tabassum qilganingizda u bilan bogʻlanib borasiz. Agar chaqaloqning xatti-harakati yoki holati haqida tashvishlansangiz, pediatr yoki patronaj hamshira bilan maslahatlashing.
Tashqi quloq infeksiyasi
Asosiy fikrlar: tashqi quloq infeksiyasining belgilari ogʻriq va qichishishni oʻz ichiga oladi. Quloq odatda bitib qolganga oʻxshaydi. Farzandingizda suzish, paxta oʻralgan choʻplardan foydalanish, ekzema, dermatit tufayli tashqi quloq infeksiyasi boʻlishi mumkin. Farzandingizda tashqi quloq infeksiyasi bor deb oʻylasangiz, uni pediatrga olib boring.
Kichkintoylarning tishlarini parvarish qilish
Birinchi tishlar koʻpincha 6–10 oyligida paydo boʻladi, lekin chaqaloqlarda ular turli vaqtda chiqadi. Tishlar chiqqanida ularni kuniga ikki marta suv va yumshoq tish choʻtkasi bilan yuving. Tish kariyesining oldini olish uchun yangi tugʻilgan chaqaloqni faqat ona suti bilan boqing. Kichkintoyingiz shishacha bilan uxlab qolishiga yoʻl qoʻymang.
1 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻzini-oʻzi baholashi haqida
Oʻzini-oʻzi qadrlash bu – oʻziga nisbatan yaxshi munosabatda boʻlishdir. Oʻzini-oʻzi qadrlash bolalarga yangi koʻnikmalarni sinab koʻrishga, muammolarni oʻylab hal qilishga yordam beradi. Bu ularning oʻqishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratadi.
Yosh bolalarda oʻzini-oʻzi boshqarish
Asosiy fikrlar: oʻzini-oʻzi boshqarish bu – oʻz xulqini va his-tuygʻularini tushunish hamda boshqarish qobiliyatidir. Rivojlanish uchun oʻzini-oʻzi boshqarish muhim ahamiyatga ega. Masalan, u bolalarga jamiyatda xulq-atvor koʻnikmalarni oʻrganish va oʻzlashtirishga yordam beradi. Oʻzini-oʻzi boshqarish goʻdaklik va maktabgacha yoshda shakllanadi. U voyaga yetgunga qadar rivojlanishda davom etadi. Farzandingizga oʻzini-oʻzi boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga yordam bering. Buning uchun unga his-tuygʻularingizni aytib bering va oʻrnak boʻling.
Bolalikdagi jinsiy xulq-atvor: maktabgacha yoshdagi bolalar
Asosiy fikrlar: jinsiy xulq-atvor bu – bola rivojlanishining odatiy va meʼyoriy qismidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanaga tegish, qarash va bu haqda gapirishga qiziqadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning jinsiy xulq-atvoriga boʻlgan munosabatingiz sizning qadriyatlaringizga bogʻliq. Ammo xotirjamlikni saqlash juda muhimdir.
Duduqlanish
Duduqlanish – nutq muammosi boʻlib, bolalarning ravon gapirishini qiyinlashtiradi. Duduqlanish koʻpincha bolalar 2–4 yoshdaligida boshlanadi. Maktabning boshlangʻich sinf yoshidagi bolalarda duduqlanish oʻtib ketmasa, bu muammoga aylanishi mumkin, shuning uchun yordam soʻrash muhimdir. Agar farzandingizda duduqlanish borligini sezsangiz, logoped bilan bogʻlaning.
Bolalikdagi jinsiy xulq-atvor: kichik yoshdagi bolalar
Jinsiy xulq-atvor asosan bolalarning meʼyoriy va odatiy rivojlanishidir. Kichkintoylar teginish, qarash va gapirish orqali oʻzi yoki boshqa odamlarning tana tuzilishini oʻrganishi mumkin. Kichkintoyning jinsiy xulq-atvoriga qanday munosabatda boʻlishingiz sizning qadriyatingizga bogʻliq. Eng muhimi, xotirjam boʻling.
Nutq (tovush talaffuzi) buzilishi
Yosh bolalarning koʻpchiligi nutq bilan bogʻliq muammolarga duch keladi. Ammo baʼzi nutq muammolari nutq (tovush) buzilishining belgisi boʻlishi mumkin. Agar nutqlari aniq boʻlmasa, soʻzlarni siz kutgandek talaffuz etmasa yoki nutqidan hafsalalari pir boʻlsa, bolalar yordamga muhtoj boʻlishlari mumkin. Agar farzandingiz nutqining rivojlanishidan xavotirda boʻlsangiz, pediatr yoki patronaj hamshirasi, yoki uning tarbiyachilari bilan maslahatlashing.