Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalar
Chaqaloqning kutilmagan oʻlimi deganda “Bolaning toʻsatdan oʻlimi sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalar nazarda tutiladi. Ayniqsa, bir vaqtning oʻzida uch turdagi xavf omillari – zaiflik, yosh va sharoitlar yuzaga kelganda “Bolaning toʻsatdan oʻlim sindromi” va oʻlimga olib keladigan uyqudagi baxtsiz hodisalarning xavfi yuqori boʻladi. Bola uxlaydigan muhit sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan bunday koʻp xavf-xatarlarning oldini olish mumkin.
Bolaning yuragidagi shovqinlar
Yurak shovqini bu – yurakdagi begona tovushlar. Bolalar va oʻsmirlarda yurak shovqinlari har doim ham yurakda muammo yoki kasallik borligini anglatmaydi.
Disleksiya
Disleksiyali bolalar oʻqish va yozishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Disleksiya koʻpincha maktab yoshidagi bolalarda aniqlanadi. Agar farzandingizning oʻqishi va yozishi haqida qaygʻurayotgan boʻlsangiz, ayniqsa, oilangizda shunday holatlar uchragan boʻlsa, uning oʻqituvchisi bilan gaplashing. Maktabdagi va uydagi qoʻllab-quvvatlash disleksiyali bolalarga oʻqish va yozish koʻnikmalarini yaxshilashga yordam beradi.
Tibbiy-genetik maslahat berish boʻyicha mutaxassis
Tibbiy-genetik maslahat berish boʻyicha mutaxassislar sizga genetik kasalliklar va ularni nazorat qilish usullari haqida maʼlumot beradi. Agar oilangizda genetik kasallik boʻlsa, mutaxassisga murojaat qiling. Maslahat kasallik hayot tarziga qanday taʼsir qilishini tushunishga va kasallikning nasldan naslga oʻtishini qanday toʻxtatish mumkinligini bilib olishga yordam beradi.
Muddatidan oldin tugʻilgan bolalarning koʻrinishi
Muddatidan oldin tugʻilgan bolalarning koʻrinishi muddatida tugʻilgan bolalarnikidan farq qiladi. Ularning tashqi koʻrinishi qanchalik erta tugʻilganiga bogʻliq. Muddatidan oldin tugʻilgan bolalarga suyak va mushaklarning rivojlanishiga yordam beradigan qoʻshimcha parvarish va mashqlar zarur boʻlishi mumkin. Ularning terisi nozik, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish kerak.
Muddatidan oldin tugʻilgan bolaning rivojlanishi: xavotirlanish sabablari
Muddatidan oldin tugʻilgan bolalarning koʻpchiligi muddatida tugʻilgan tengdoshlari kabi rivojlanadi. Ammo bolalar muddatidan qancha erta tugʻilsa, ularning rivojlanishida muammolar boʻlish ehtimoli shuncha koʻp boʻladi.
Baʼzi erta tugʻilgan bolalarda fikrlash va oʻrganish bilan bogʻliq muammolar yoki jismoniy, ijtimoiy yoki hissiy rivojlanish bilan bogʻliq muammolar mavjud. Farzandingizning rivojlanishidan xavotirda boʻlsangiz, shifokor yoki pediatr bilan maslahatlashing.
Muddatidan oldin tugʻilgan bolaning rivojlanishi: 26–36-hafta
Muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqning rivojlanishi xuddi bachadonda boʻlgani kabi amalga oshadi. Chaqaloqlarning muddatidan qancha oldin tugʻilgani vaqt oʻtishi bilan ularning oʻsish tezligiga va xatti-harakatlariga taʼsir qilishi mumkin. Chaqalogʻingiz sogʻligʻi, oʻsishi va rivojlanishi jihatdan belgilangan koʻrsatkichlarga erishganda, uni uyga olib ketsangiz boʻladi.
Toʻgʻrilangan yosh: muddatidan oldin tugʻilgan farzandingiz necha yoshda?
Asosiy maʼlumotlar: toʻgʻrilangan yosh bu – chaqalogʻingizning necha hafta yoki oy oldin tugʻilganini ayirib tashlab hisoblangan xronologik yoshi. Muddatidan oldin tugʻilgan farzandingiz yoshiga mos ravishda oʻsayotgani va rivojlanayotganini tushunishda toʻgʻrilangan yoshni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Agar farzandingizning oʻsishi va rivojlanishi sizni tashvishlantirsa, pediatr bilan maslahatlashing.
Bichilish (yoʻrgak toshmasi yoki yoʻrgak dermatiti)
Bolaning dumbalarini astoydil parvarish qilishingizga qaramasdan, bichilish paydo boʻlishi mumkin. Yoʻrgakdan foydalanadigan bolalarning deyarli barchasida vaqti kelib bichilish kuzatilishi mumkin.
Bolaning najasi va siydigi
Asosiy maʼlumotlar: yetarli miqdordagi tiniq, rangsiz siydik bolaning sogʻlom ekanini va yetarli miqdorda suyuqlik ichayotganini koʻrsatadi; bolalarda ichkelish soni, axlat rangi, quyuq-suyuqligi va hidi turlicha boʻladi; bolaning ovqatlanish ratsioni uning najasiga taʼsir qiladi; najas muammolari ichqotish va diareyani oʻz ichiga oladi. Najas bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, pediatrga murojaat qiling.