Bolalardagi kuyishlar va ularning oldini olish – maxsus vaziyatlar
Issiq suv, isitiladigan jismlar yoki pirotexnika bolalar kuyishining keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Shuningdek, quyosh nurlari taʼsirida kuyish ehtimoli haqida ham unutmaslik lozim.
Bolalardagi kuyishlar va qanday qilib ularning oldini olish mumkin – umumiy choralar
Issiqlik manbalari va elektr jihozlarini ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida unutmaslik kerak. Bu yongʻin va jiddiy shikastlanishlarning oldini olishning muhim shartidir.
Agar bola zaharlangan boʻlsa, nima qilish kerak?
Agar siz farzandingizda zaharlanish belgilarini sezsangiz yoki uning zaharlanganiga shubha qilsangiz, darhol tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qiling (103 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qiling), u yerda unga oʻz vaqtida yordam koʻrsatiladi hamda keyingi harakatlar boʻyicha zarur koʻrsatmalarni olasiz.
Bolalarda zaharlanishni qanday aniqlash mumkin?
Zaharlanish belgilari har xil boʻlishi mumkin va baʼzi hollarda zaharli moddalarni yutib yuborgan bolalar birmuncha vaqt davomida hech qanday muammoga duch kelmasliklari mumkin.
Bolalarda zaharlanishning oldini qanday olish mumkin?
Kundalik hayotda uyda ishlatiladigan koʻplab mahsulotlar tarkibida juda zaharli moddalar mavjud. Muayyan zaharli moddalarni masʼuliyat bilan ishlatish va manbalarini yoʻqotish bolalarda uchrashi mumkin boʻlgan zaharlanishning oldini olishda yordam beradi.
Bola boʻgʻilib qolmoqda – Geymlix usuli
Geymlix usuli bir yoshdan katta bolalarda qoʻllanadi.
Bola tiqilib qolsa, nima qilish kerak?
Tiqilib qolish belgilari yot jismning turiga va nafas yoʻlida joylashgan joyiga bogʻliq. Yot jism nafas yoʻllariga tushganda xavfli holat kelib chiqishi mumkin: nafas olish toʻsatdan qiyinlashadi, bola boʻgʻiladi, yoʻtaladi, qizarib ketadi. Bola yoʻtalayotgan va nafas olayotgan ekan, u oʻlim xavfi ostida boʻlmaydi. Biroq agar yoʻtal kamaysa, xirillash bilan kechsa, bolaning yuzi koʻkimtir tusga kirsa, bola hushini yoʻqotsa, yot jism nafas yoʻllarini butunlay toʻsib qoʻyganini koʻrsatadi.
Boʻgʻilishning oldini qanday olish mumkin?
Yot jismni yutib yuborish natijasida boʻgʻilish koʻpincha bir yoshdan besh yoshgacha sodir boʻladi. Atrof-muhitni chuqur oʻrganish davrida, bolalar ogʻziga kichikroq narsalarni (oʻyinchoq qismlari, tugmalar va h.k.) solishi yoki ovqatlanayotganda ehtiyotsizlik, qattiq ovqat (yongʻoq) yoki yetarlicha maydalanmagan yumshoq ovqatlar (uzum, sosiska, kolbasa va boshqalar) boʻgʻilishning umumiy sabablari boʻlishi mumkin.
Bemorning OIV holati haqidagi ma’lumotlar konfidentsial (maxfiy) hisoblanadimi?
18 yoshdan oshgan shaxslarning OIV statusi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar toʻliq maxfiy hisoblanadi va tibbiyot xodimlari bu ma’lumotni bemorning ruxsatisiz hech kimga (qarindoshlari, hamkasblari, doʻstlari) oshkor qilishga haqli emas. Natijalarni faqat test topshirgan shaxsning oʻzi olishi mumkin. Mutaxassislar bu haqda telefon, pochta yoki boshqa aloqa vositalari orqali xabar berishga haqli emas. Shuningdek, OITS markazlari natija toʻgʻrisidagi ma’lumotni boshqa mutaxassislarga zaruratsiz berish huquqiga ega emas.
OIV qanday yuqishi mumkin?
Oʻpish orqali OIV ni yuqtirib olish mumkinmi?
OIV oʻpish orqali yuqmaydi.
OIV quyidagilar orqali yuqishi mumkin:
1) Qon;
2) Sperma;
3) Qin suyuqligi;
4) Toʻgʻri ichak (orqa chiqaruv yoʻli) suyuqligi
5) Koʻkrak suti.
OIV odatda bu kasallikka uchragan odam bilan jinsiy aloqa qilish natijasida; narkotik vositalarni bitta igna bilan tomirga yuborganda; onadan bolaga homiladorlik, tugʻruq va koʻkrak suti bilan boqish-emizish natijasida yuqadi.