Yosh onalar va otalar: sogʻlom turmush tarzini tanlash
Sizni chaqaloqli boʻlganingiz bilan tabriklaymiz! Garchi yangi tugʻilgan chaqaloqqa eʼtibor qaratayotgan boʻlsangiz-da, sogʻlom turmush tarzini tanlash va bu orqali oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish ham muhimdir. Bu bolangizga gʻamxoʻrlik qilish uchun oʻzingizni yaxshi holatda saqlashga yordam beradi.
Erkaklardagi perinatal (tugʻuruqqacha va tugʻuruqdan keyingi) depressiya
Erkaklar ham tugʻuruqqacha va tugʻuruqdan keyingi depressiyani boshdan kechirishlari mumkin. Depressiya belgilariga ikki haftadan ortiq davom etadigan jismoniy va hissiy oʻzgarishlar, shuningdek, fikrlash va xulqdagi oʻzgarishlar kiradi. Mutaxassisga imkon qadar tezroq murojaat qilish muhimdir. Shifokor bilan maslahatlashing.
Tugʻuruqdan keyingi depressiya va turmush oʻrtogʻingiz: qanday yordam berish mumkin?
Turmush oʻrtogʻingizdagi tugʻuruqdan keyingi depressiya belgilari, jumladan, his-tuygʻulari, fikrlari yoki feʼlidagi oʻzgarishlarga eʼtibor bering. Turmush oʻrtogʻingiz tugʻuruqdan keyingi depressiyaga qarshi professional yordamni oʻz vaqtida olsa, bu uning tezroq tiklanishiga yordam beradi. Turmush oʻrtogʻingizga, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va uy yumushlariga yordam berish orqali uni qoʻllab-quvvatlang. Oʻzingizni ham ehtiyot qiling.
Dadalar uchun maxsus vaqt: qanday amalga oshirish kerak?
Siz ota sifatida farzandlaringiz rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatasiz. Eng katta hissangiz – bolalaringiz bilan har kungi muloqot. Bu maqolada alohida “dadalar vaqti”ni kun tartibingizga qanday kiritish mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan tanishasiz.
Koʻkrak suti bilan boqish: juftliklar (er-xotin) bir-birlariga qanday yordam berishlari mumkin?
Koʻkrak suti bilan boqish – bu siz va turmush oʻrtogʻingiz birgalikda bajara oladigan jarayon. Sizning bilimingiz va yordamingiz turmush oʻrtogʻingizga emizishni oʻrganishida yordam beradi. Koʻkrak suti bilan boqishning afzalliklari, u qay tariqa amalga oshirilishi va zarur hollarda turmush oʻrtogʻingizga qanday yordam berish mumkinligi haqida bilib oling. Farzandingizga yordam berishning amaliy usullarini toping va qoʻshimcha uy ishlarini bajaring.
Yangi otalar: otalikni muvaffaqiyatli boshlash uchun 10 ta maslahat
Farzandingiz siz bilan muloqotga tayyor holda tugʻiladi. Siz teginish, gaplashish, oʻynash va kundalik parvarish orqali muloqot qilishingiz mumkin. Turmush oʻrtogʻingiz va oʻzaro munosabatlaringizga gʻamxoʻrlik qilish, ijobiy munosabat, qoʻllab-quvvatlash va muhokamalarga tayyor turish, uyda tarbiya va gʻamxoʻrlik muhitini yaratish imkoniga egasiz. Oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish ham muhimdir. Quyidagi 10 ta maslahatimiz otalikni ijobiy boshlashingizga yordam beradi.
Ota boʻlish: otalikka moslashish
Amaliy tajriba orttirish – yangi ota sifatida oʻz mahoratingizni va oʻzingizga ishonchni rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Oʻzaro munosabatlarning oʻzgarishi – odatiy hol. Turmush oʻrtogʻingiz bilan suhbatlashish bu oʻzgarishlarni bartaraf etish va munosabatlaringizni himoyalashning eng yaxshi usulidir. Ota-onalarning birgalikdagi tarbiyasi siz uchun ham, bola uchun ham foydalidir. Bunda gap oʻzaro muloqot, qarorlarni birgalikda qabul qilish va muammolarni ijobiy hal qilish haqida ketmoqda. Siz va turmush oʻrtogʻingiz uy ichidagi va tashqarisidagi vazifalaringizni qayta koʻrib chiqishingizga toʻgʻri kelishi mumkin.
Ayriliq yoki ajralishdan keyin bolalarga moslashishda yordam berish
Agar ayriliq yoki ajrashishni boshdan kechirayotgan boʻlsangiz, bolalar oʻzlarini notinch his qilishlari – odatiy hol. Siz farzandingizga haqiqatni aytish, uni tinchlantirish va kun tartibiga rioya qilish orqali yordam berishingiz mumkin. Bolalarni kichik qarorlar qabul qilishga jalb eting, ularni oʻz his-tuygʻulari haqida gapirishga undang va oilaviy dam olishga vaqt ajrating.
Yolgʻiz ota-onalar (yoki yolgʻiz ona, yoki yolgʻiz ota) va bolalarni ijobiy tarbiyalash
Gʻamxoʻr, samimiy, ziyrak, mehribon va moslashuvchan ota-onalari bor boʻlgan bolalar sogʻlom rivojlanadilar. Bolalar bilan mustahkam munosabatlar kundalik fursatlar, ijobiy eʼtibor, maqtovlar va boshqalarga asoslanib quriladi. Aniq qoidalar yaxshi xulq-atvorni ragʻbatlantiradi va bolalar oʻzlarini xavfsizlikda his qilishlariga yordam beradi. Balki, siz tarbiyada har doim ham muvozanatga erisha olmassiz. Oʻzingizga juda talabchan boʻlmang. Bolalar bilan kattalarga xos muammolarni muhokama qilmagan maʼqul. Bunday vaziyatlarda oila va doʻstlardan yordam oling.
Muddatidan oldingi tugʻuruqlar: berilishi kerak boʻlgan savollar
Muddatidan oldin kechadigan tugʻuruqlarda chaqalogʻingiz va oʻzingizni oʻylab tashvishlanish odatiy holdir. Muddatidan oldingi tugʻuruqlar haqida shifokor yoki hamshiradan olgan maʼlumotlaringiz sizga yordam berishi mumkin. Chaqalogʻingiz qanday tugʻilishini, tugʻuruq payti va undan keyin nima sodir boʻlishini soʻrashingiz mumkin.