Muddatidan oldingi tugʻuruqdan keyin: sizning his-tuygʻularingiz
Agar farzandingiz muddatidan oldin tugʻilsa, sizda ham ijobiy, ham salbiy his-tuygʻular paydo boʻladi. Siz salbiy his-tuygʻularingizni qabul qilish va ularni muhokama qilish orqali yengishingiz mumkin. Bu borada yutuqlarga erishish va baʼzan yengilish odatiy hol, lekin siz butun eʼtiborni farzandingizning muvaffaqiyatlari va rivojlanishiga qarating. Oʻzingizni jismoniy va hissiy jihatdan parvarish qilsangiz, chaqalogʻingizga yaxshiroq gʻamxoʻrlik qilish imkoniga ega boʻlasiz.
Otalar: muddatidan oldingi tugʻuruqlar va chala tugʻilgan chaqaloqlar
Ota sifatida oʻzingizning his-tuygʻularingiz va ehtiyojlaringiz haqida oʻylash va oʻzingiz uchun vaqt ajratish muhim. Kundalik parvarish majburiyatlarini bajarish va “teriga teri” aloqasi chala tugʻilgan farzandingiz bilan munosabatlarni oʻrnatishga yordam beradi. Muddatidan oldingi tugʻuruqdan soʻng sizga qoʻshimcha masʼuliyatlar yuklanishi mumkin. Yordam soʻrash va uni qabul qilish bu – tabiiy holdir.
Muddatidan oldingi tugʻuruq: ruhiy va hissiy tayyorgarlik
Muddatidan oldin tugʻishingiz mumkinligini bilsangiz, siz va turmush oʻrtogʻingiz koʻplab ijobiy va salbiy his-tuygʻularni boshdan kechirasiz. Shifokorlar va hamshiralardan maʼlumot oling yoki muddatidan oldingi tugʻuruqni boshidan kechirgan boshqa ota-onalar bilan suhbatlashing. Taskin beruvchi mashqlar va ijobiy fikrlash erta tugʻuruqqa tayyor boʻlishingizga yordam beradi. Tugʻishdan oldin tugʻuruqxonadagi jonlantirish boʻlimi bilan tanishish tavsiya etiladi.
Aralash oilada yangi chaqaloq
Bolalar yangi chaqaloq tugʻilishini eshitganlarida xafa boʻlishlari odatiy holdir. Tugʻilajak chaqaloq haqida boshqa bolalaringiz bilan iloji boricha erta suhbatlashing, ularni rejalashtirish va tayyorgarlik koʻrish jarayoniga jalb qiling. Bolalarning odatdagi hayot tarzini ayniqsa dastlabki oylarda saqlab qolishga harakat qiling. Yangi tartiblarni asta-sekin kiriting. Chaqaloq tugʻilganda barcha bolalar oʻzlarini baxtiyor his qilishlari uchun turli yoʻllarni izlang.
Mustahkam oilaviy munosabatlar: ularni qanday qurish kerak?
Yaxshi oilaviy munosabatlar bolalaringiz oʻzlarining himoyalangan va sevimli ekanliklarini his qilishlariga yordam beradi. Bundan siz ham oʻzingizni yaxshi his etasiz. Vaqtni mazmunli oʻtkazish, oʻzaro muloqot, jamoa boʻlib ishlash va minnatdorchilik izhor qilish orqali oilangizda yaxshi munosabatlar oʻrnatishingiz mumkin.