Ota-onalar uchun: muammolarni qadam-baqadam hal qilish
Muammoni hal qilish siz hal qila olmayotgan yoki oʻralashib qolgan vaziyatlarga yangi va ijodiy yechimlarni topish usulidir.
Ota-onalar oʻrtasida muloqot: turmush oʻrtoq bilan gaplashish
Qalbdan gaplashish er-xotinlarni birlashtiradi va uzoq muddatli munosabatlarni mustahkamlaydi. Konstruktiv va ijobiy muloqot, bezovta qilayotgan masalalarni muhokama qilish – bolalarni tarbiyalashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal qilishning eng yaxshi usullaridan biridir.
Bola tugʻilgandan keyingi jinsiy aloqa va yaqinlik
Tugʻish va bolalarni tarbiyalash turmush oʻrtogʻingiz bilan jinsiy munosabatlaringizni, jinsiy aloqa takroriyligini oʻzgartirishi mumkin. Ayollarda jinsiy aloqaga qiziqish bola tugʻilgandan 1–3 oy oʻtgach, qaytishi mumkin, biroq bu oraliq uzoqqa choʻzilishi ham odatiy holdir. Agar shifokor boshqacha maslahat bermagan boʻlsa, oʻzingizni tayyor his qilganingizda jinsiy munosabatlarni qayta boshlashingiz mumkin. His-tuygʻularingiz haqida oʻzaro gaplashing, shunda munosabatlaringizning hozirgi holati haqida kengroq tushunchaga ega boʻlasiz.
Sogʻlom munosabatlar: ota-onalar va juftliklar
Ota-onalik bilan boʻgʻliq ayrim hodisalar sabab sizlar er-xotin sifatida yanada chuqurroq munosabatlarni his qilishingiz mumkin. Chaqaloq va bolalarga gʻamxoʻrlik qilish munosabatlaringizda yangi keskinliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ochiq muloqot sogʻlom munosabatlarni oʻrnatishga yordam beradi.
Ota-onalarning birgalikdagi ishi: bu nima uchun muhim?
Ota-onalik juda qiziqarli, sevgi va hayajon uchun koʻp imkoniyatlarga ega hodisadir. U muammolar va mashaqqatlar ham olib kelishi mumkin. Ota-onalarning jamoa boʻlib ishlashlari ushbu muammolarni ijobiy hal qilishga, mojarolarni minimallashtirishga va munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Ayollarda perinatal (homiladorlikda va tugʻuruqdan keyingi) depressiya
“Tugʻuruqqacha yoki tugʻuruqdan keyingi depressiya belgilari homiladorlik paytida yoki bola tugʻilgandan keyin ikki haftadan koʻproq davom etadigan salbiy hissiy oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi”. Agar oʻzingizda “tugʻuruqqacha yoki tugʻuruqdan keyingi depressiya bor”, deb oʻylasangiz, shifokoringiz bilan gaplashing. Shifokoringiz tugʻuruqqacha yoki tugʻuruqdan keyingi depressiyani toʻgʻri davolashda sizga yordam beradi. Oila aʼzolari va doʻstlarning qoʻllab-quvvatlashi depressiya alomatlarini yengishda qoʻl keladi.
Koʻkrak bilan boqishda sogʻlom ovqatlanish, jismoniy mashqlar va turmush tarzi
Emizish davrida sogʻlom ovqatlanish beshta asosiy oziq-ovqat guruhiga mansub koʻplab mahsulotlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, yetarlicha jismoniy faollik bilan shugʻullanib, baʼzi zararli mahsulotlar va zararli moddalardan voz kechish orqali oʻzingizga gʻamxoʻrlik qilish muhimdir.
Yosh onalar: birinchi haftalar
Dastlabki haftalarda, iloji boricha dam oling va chaqalogʻingiz bilan tanishish uchun oʻzingizga vaqt bering. Farzandingiz hayotining birinchi haftalarida qayerda va qanday yordam olishingiz mumkinligini bilish juda muhimdir. Bolalar va oila azolarining sogʻligʻiga javob beradigan hamshira odatda uyingizga keladi. Agar emizishda muammolar boʻlsa, maslahat soʻrang. Koʻp ayollar tugʻuruqdan bir necha kun oʻtgach, yengil tushkunlikka (depressiyaga) tushadilar. Agar tushkunlik hissi yoʻqolmasa, yordam soʻrang.
Yosh onalar: tugʻuruqdan keyingi tana holati
Tugʻuruqdan keyingi birinchi hafta yangi tugʻilgan chaqaloq bilan tanishish, dam olish va tiklanish uchun muhim vaqtdir. Qindan qon ketishi, tanadagi ogʻriqlar va tugʻuruqdan keyingi ogʻriqlarning boʻlishi odatiy hol hisoblanadi. Ogʻriqni yengish qiyin boʻlsa, shifokor yoki hamshira bilan suhbatlashing. Tanangiz tugʻuruqdan keyingi dastlabki bir necha oyda oʻzgaradi. Misol uchun, siydik va najas tutolmaslik, soch toʻkilishi va teri choʻzilishi belgilari kuzatilishi mumkin. Agar emizish boʻyicha muammolar boʻlsa, shifokor yoki hamshira bilan maslahatlashing.
Qanday qilib yaxshiroq uxlash kerak: ota-onalar uchun tavsiyalar
Ota-onalarning eng koʻp muhokama qiladigan mavzusi uyqu hisoblanadi. Qancha uxlayapsiz? Yetarlicha uxlayapsizmi? Ushbu tavsiyalarga amal qilgan ota-onalar yaxshiroq uxlashga erishishlari mumkin.