Miya serebral falajligi
Bolalar miya falajiga chalingan bolalarda mushaklar kuchsizligi, harakatlarning cheklanishi, sekinligi va beqarorlik kabi muammolar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari yana muvozanatni saqlashda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Baʼzi bolalarda belgilar yengil koʻrinishda boʻladi va ular yaxshi yurishlari va yaxshi muloqot qilishlari mumkin. Boshqalariga nogironlar aravachasi kerak boʻladi va ularga kundalik yumushlarni ham bajarish mushkul boʻladi. 12 oygacha miya falajiga aniq tashxis qoʻyish qiyin va uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Dastlabki aralashuv xizmatlari bolangizning natijalari va hayot sifatini yaxshilashi mumkin.
Bronxiolit
Bronxiolit – virus kelib chiqadigan keng tarqalgan infeksiya. U goʻdaklarlar va yosh bolalarda bronxlarning pastki shoxlarini – bronxiolalarini zararlaydi, shilimshiq va yalligʻlanish natijasida ularni toraytiradi. Bolangizda bronxiolit belgilari bor deb hisoblasangiz, shifokoringizga murojaat qiling.
Bronxit
Bronxit bronxlarning yalligʻlanishidir. Bolangiz bronxit bilan ogʻrigan boʻlsa, nafas olishi qiyinlashishi va odatdagidan koʻp miqdorda shilimshiq ajralishi mumkin. Bu odatda tashvishlanadigan holat emas. Bronxitni davolash infeksiyaning sababiga bogʻliq.
Bekilib qolgan koʻzyosh yoʻli
Agar bolangizda koʻzyosh yoʻllari bekilib qolgan boʻlsa, uning koʻzi doimiy ravishda yoshlanib turadi, uygʻonganida esa koʻzidan ajralmalar oqishi mumkin. Bekilib qoʻlgan koʻzyosh yoʻllari odatda oʻz-oʻzidan ochiladi. Ammo bolangizning koʻzi atrofida qizarish, shish yoki yashil ajralma oqishi belgilari boʻlsa, shifokorga murojaat qiling. Shuningdek, bolangiz bir yoshga toʻlganida ham koʻzyosh yoʻllarining bekilishi ochilmagan boʻlsa, shifokorga murojaat qiling.
Tungi peshob tutolmaslik
Tungi peshob tutolmaslik yoki enurez hojatxonaga borishga odatlantirilgan bolalarning oʻzi xohlamagan ravishda tunda joyiga siyib qoʻyishidir. Tungi peshob tutolmaslik koʻpincha yetti yoshgacha boʻlgan bolalarda uchraydi, lekin katta yoshdagi bolalarda ham uchrashi mumkin. Bu borada qoʻllashingiz mumkin boʻlgan bir qancha usullar bor. Farzandingizda tunni “quruq” oʻtkazishni boshlagandan keyin yana tungi peshob tutolmaslik holatlari kuzatilsa, shifokorga albatta murojaat qilish kerak.
Bola tugʻilgandan keyin, birinchi soatlarda nimalarni kutish kerak?
Tugʻilgandan keyin darhol sodir boʻladigan holatlar sizning tugʻuruq jarayoningizga, chaqalogʻingizning qanday tugʻilishiga va u tashqi muhitga qanchalik tez moslashishiga bogʻliq.Agar bolangiz yaxshi nafas olayotgan boʻlsa va oʻzingizning sogʻligʻingiz barqaror boʻlsa, chaqaloq tugʻilishi bilanoq u bilan oʻzaro aloqa oʻrnatishingiz mumkin. Agar chaqalogʻingiz nafas olish uchun yordamga muhtoj boʻlsa, shifokorlar va doyalar maxsus nafas olish niqobi yoki nafas olish naychasi orqali unga qoʻshimcha kislorod beradi.
Xatna qilish
Mavjud ilmiy dalillar yangi tugʻilgan oʻgil bola chaqaloqlarni xatna qilish tibbiy tomondan foydali ekanini koʻrsatadi; ammo ushbu maʼlumotlar yangi tugʻilgan chaqaloqlarni rejali ravishda sunnat qilishni tavsiya etishga yetarli deb hisoblanmaydi. Ota-onalar madaniy, diniy va etnik anʼanalarni hisobga olish huquqiga ega. Amaliyot xavfsiz tarzda va yetarli ogʻriqsizlantirish bilan bajarilishiga ishonch hosil qiling.
Suvchechak
Suvchechak pufakchaga aylanadigan qizil dogʻli toshmaga oʻxshaydi. Oxirgi pufak qotgunicha bolangizni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki maktabdan uzoqroq tuting. Suvchechakdan saqlanishning eng yaxshi usuli bolangizni emlashdir.
Nutq rivojlanishining kechikishi
Agar bolalar gapirish va/yoki tushunishda g'ayrioddiy qiyinchiliklarga duch kelsalar, bu tilning kechikishi bo'lishi mumkin. Agar bolangizda til kechikishi mumkin deb o'ylasangiz, shifokor, hamshira, bolangiz o'qituvchisi yoki defektologga murojaat qiling. Tili kechikkan bolalarni qo'llab -quvvatlash maxsus guruh dasturlari, rasmlar va kitoblarni o'z ichiga olishi mumkin.