Ishonch kabineti — bu nima?
Respublikamizda ishonch kabinetlari mavjudligi haqida juda ham kam odam biladi. Bunday kabinetlar, birinchi navbatda, odamlar uchun xavfli infeksiyalar haqida xabardor qilish uchun yaratilgan. Hamda ushbu kasalliklarga chalingan odamlarni davolashga yordam berish uchun va bunday infeksiyalarning bir odamdan boshqasiga oʻtishini toʻxtatish uchun tashkil etilgan.
OIV infeksiyasi organizmda qanday rivojlanadi?
OIV ning yashirin davri qanday boʻladi?
Virus bilan zararlangandan to kasallikning birlamchi belgilari paydo boʻlgunicha oʻtgan davr 2 haftadan 6 oygacha va undan ortiq davom etishi mumkin. Bu davrda virusni test orqali aniqlash qiyin, ammo OIV infeksiyasi zararlangan odamdan sogʻlom odamga yuqishi mumkin.
OIV ning birlamchi belgilari qanday boʻladi?
Menda OIV boʻlsa, nima qilishim kerak?
Agar siz oʻzingizni OIV yuqtirganman, deb hisoblasangiz, zudlik bilan test-sinovdan oʻting. Bu qoʻrqinchli boʻlsa ham, oʻz statusingizni bilish sogʻligʻingiz yoʻlida qoʻyilgan birinchi qadamdir. Sogʻligʻingiz holatini qancha erta bilsangiz, shuncha yaxshi. OITS markazida sizdan tahlil uchun analiz olish bilan birga, manfiy natijani saqlab qolish, yoki musbat natija boʻlgan holatlarda qanday yoʻl tutishingiz kerakligi haqida xabardor qilishadi.
Murojaat uchun: RESPUBLIKA OITSga QARSHI KURASHISH MARKAZI
Men anonim ravishda OIV/OITSga test topshira olamanmi?
OIV testi kasallikni oʻz vaqtida aniqlash uchun qoʻllaniladi. Bu qarindoshlar, yaqinlar va doʻstlarga virusning yuqishini oldini olishga imkon beradi. Shuningdek, davolanishni oʻz vaqtida boshlashga koʻmaklashadi.
Bugungi kunda har bir inson uchun OIV holatini (OIV status) bilish juda muhimdir. Test topshirganlar roʻyxatida ismingizni qayd etilishini istamasangiz, Oʻzbekiston Respublikasida anonimlik imkoniyati mavjud. Testlarni Respublika OITSga qarshi kurash markazi va viloyat markazlaridagi ishonch kabinetlarida topshirishingiz mumkin.
OIV nima?
OIV - odam immuniteti tanqisligi virusining, ya’ni inson immunitet tizimini zararlovchi virusning qisqartirilgan nomidir. OIV faqat inson organizmida yashaydi va koʻpayadi.
OIV ni qanday yuqtirib olish mumkin?
OIV quyidagilar orqali yuqadi:
1) Qon;
2) Sperma;
3) Qin suyuqligi;
4) Toʻgʻri ichak suyuqligi va
5) Ona suti.
OITS nima?
OITS – bu OIV infeksiyasi rivojlanishining soʻnggi bosqichidir. OITS - orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. Sindrom - bu kasallikning bir-biriga mutanosib bir necha belgilarining yigʻindisidir. Orttirilgan - kasallik tugʻma emas, balki hayot davomida rivojlanganligini anglatadi. Immunitet tanqisligi – bu organizmning turli infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatining susayishi.
Bola choʻkayotgan boʻlsa, nima qilish kerak?
Bola choʻkayotganini koʻrsatadigan belgilar mavjud: bolaning boshi orqaga tashlanadi, ogʻzi ochiladi, koʻzlari yumiladi yoki koʻzlarida qoʻrquv, nafasi chuqur, havoni tutib olishga harakat qiladi, qoʻllarini silkitadi va suzishga muvaffaqiyatsiz urinishlar qiladi. Koʻpincha bola hech qanday tovush chiqarmasdan, yordam soʻrash uchun baqira olmasdan choʻkadi.
Bola choʻkib ketmasligi uchun nima qilish kerak?
Choʻkish 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻlimning asosiy sababidir va boshqa barcha yoshdagi bolalar oʻlimining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Kattalarning ehtiyotkorligi choʻkib ketishning oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Bola yiqilib tushsa, nima qilish kerak?
Koʻp bolalarning yiqilishi tirnalish yoki koʻkarish bilan tugaydi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, yiqilish ayniqsa chaqaloq va yosh bolalarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bolalar kamroq yiqilishlari uchun
Yiqilish bolalar shikastlanishining eng keng tarqalgan sababidir. Ularning oldini olish uchun, eng asosiysi – ularning paydo boʻlish ehtimolini vaqtida aniqlash va bola oʻynaydigan atrof-muhitning xavfsizligini taʼminlashdir.