Kichkintoylar bilan oʻyinlar
Kichkintoylar hayotining birinchi yilida boshlarini koʻtarishni, agʻdarilishni, oʻtirishni, emaklashni, turishni, baʼzilari yurishni oʻrganadi. Oʻyin – farzandingizni harakat qilishga undashning ajoyib usulidir. Bolani qorni bilan yotqizish unda kelgusida emaklashi, choʻzilishi, oʻrnidan turishi, yurishi uchun zarur boʻlgan kuchni rivojlantiradi. Kichkintoy motorikasini rivojlantiruvchi oʻyinlarga musiqa va tovushlar, osma buyumlar, sudrab yuriladigan oʻyinchoqlardan foydalanib oʻtkaziladigan oʻyinlar kiradi.

Hissiyotlar va oʻyinlar: kichkintoylar
Farzandingiz oʻyin orqali hissiyotlarini namoyon qiladi va ular haqida bilib oladi. Kichkintoyingizga oʻz hissiyotlarini ifodalashga va atrof-muhitni tadqiq qilishga yordam beradigan bir nechta oʻyin gʻoyalari misol tariqasida keltirildi.

Ota-onalar va ekran oldida oʻtadigan vaqt: bolalarga oʻrnak boʻlish
Gadjetlardan oqilona foydalanish deganda uni nima maqsadda va qancha vaqt ishlatishingiz nazarda tutiladi. Sizning gadjetlardan qanday foydalanishingiz farzandingizga kuchli taʼsir koʻrsatadi va u katta ehtimol bilan siz qilgan ishlarni takrorlaydi. Raqamli uskunalardan foydalanish masalasiga masʼuliyat bilan yondashsangiz, farzandingiz uchun eng ishonchli namuna boʻla olasiz.

Ekran oldidagi vaqt va sizning oilangiz: oqilona yondashuv
Gadjetlardan oqilona foydalanish oilaning ichki munosabatlari va hayot tarzi uchun foydalidir. Qabul qilingan oilaviy qoidalar raqamli qurilmalardan uyingizda oqilona foydalanishni taʼminlashga yordam beradi. Farzandingizga oʻrnak boʻling, bolalaringizning yoshini hisobga oling, bolalar gadjetlardan qanday foydalanishi bilan qiziqing, sifatli resurslardan foydalaning, qoidalarni belgilab oling va ekran oldida vaqtni birga oʻtkazing.

Ekran vaqti: unumli foydalanish uchun roʻyxat
3 yoshdan oshgan bolalar uchun ekran vaqti va ekrandan foydalanish sogʻlom turmush tarzining bir qismi boʻlishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar ekran vaqtini boshqa mashgʻulotlar bilan mutanosib oʻtkazishiga ishonch hosil qiling va sifatli raqamli axborot vositalaridan foydalaning. Ekran vaqti haqida savollaringizga javob oling.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi boʻlimida erta tugʻilgan chaqaloqlar bilan olib boriladigan oʻyinlar
Oʻyin erta tugʻilgan chaqalogʻingiz bilan bogʻlanishingizga yordam beradi. U chaqalogʻingizning rivojlanishiga ham koʻmaklashadi. Oʻyin jarayoni koʻrish, teginish va eshitishga oid harakatlarni oʻz ichiga olishi mumkin. Oʻyinni qachon toʻxtatish kerakligini bilish uchun chaqalogʻingiz beradigan ishoralarga eʼtiborli boʻling.

Ekran oldida vaqt oʻtkazish: chaqaloqlar va yosh bolalar
Oilaviy videosuhbatlarni hisobga olmaganda, ikki yoshdan kichik bolalar ekran oldida vaqt oʻtkazmagani yaxshiroq. Siz kichkintoyingiz uchun namuna boʻlib, gadjetlardan oqilona foydalanish odatini rivojlantirishga yordam berishingiz mumkin.
Farzandingiz uyingizdagi ekranda nima tomosha qilishidan xabardor boʻling. Baʼzi dasturlar yoki filmlar va rasmlar bolani qoʻrqitishi mumkin.

Chaqaloqlar bilan tugʻilganidan boshlab mutolaa qilish
Kichkintoyingiz bilan oʻqish, hikoya aytish, gaplashish va qoʻshiq kuylash unga tovushlar, soʻzlar va tilni oʻrganishga yordam beradi. Bolalar yaxshi qofiya, ritm va takrorlashlari bor kitoblarni tinglashni yaxshi koʻradi.

Kichkintoylar va yosh bolalar bilan mutolaa qilish va ularga hikoya aytib berish
Farzandingiz bilan birga oʻqish va hikoya qilish miya rivojlanishi va tasavvurni kuchaytiradi, bolangizga til va his-tuygʻularni oʻrgatadi va munosabatlaringizni mustahkamlaydi. Doim kitob oʻqishingiz shart emas. Rasmli kitoblarni koʻrib chiqing, sheʼr va qoʻshiqlar yoki oʻz madaniyatingizga xos hikoyalar aytib bering. Har kuni kamida bitta kitob oʻqishga yoki hikoya soʻzlab berishga harakat qiling.

Ilk yoshda hisoblash koʻnikmalarini rivojlantirish
Hisoblash bu matematikani hayotning barcha sohalarida qoʻllash qobiliyatidir. Siz har kuni hisoblash, shakllarga eʼtibor berish va oʻlchamlar haqida gaplashish orqali bolalarga hisoblash va matematika koʻnikmalarini, shuningdek, matematikaga ijobiy munosabatni rivojlantirishga yordam bera olasiz. Oʻyin orqali bolaning hisoblash va matematika boʻyicha koʻnikmalarini shakllantiring. Masalan, raqamlar qatnashgan qoʻshiqlardan foydalanib koʻring.